Bugun, 1 avgust kuni mamlakatimizda voleybol bo‘yicha o‘smirlar terma jamoalari ishtirokida davom etayotgan U19 jahon chempionatining 1/4 final o‘yinlari, shuningdek 9-16 va 17-24-o‘rinlar uchun bahslar bo‘lib o‘tadi.

Chempionat dasturiga muvofiq, Toshkentdagi “Yunusobod“ sport saroyida 1/4 finalida ro‘baro‘ keladigan Koreya Respublikasi — Polsha, Ispaniya — Bolgariya, Fransiya — Italiya, Eron — Finlyandiya o‘yinlari tashkil etiladi. 

Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmualarida 9-16-o‘rinlar uchun kurashadigan Xitoy — Pokiston, Argentina — AQSH, Braziliya — O‘zbekiston, Belgiya — Yaponiya hamda 17-20-o‘rinlarga da’vogarlik qilayotgan Turkiya — Kuba, Puerto-Riko — Kolumbiya, shu bilan birga 21-24-o‘rinlardan joy olishga chog‘langan Tunis — Jazoir, Misr — Kanada U19 terma jamoalari bahs olib boradi. 

Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston U19 terma jamoasi 1/8 finalda jahon reytingida 3-o‘rinda turadigan Italiya terma jamoasiga yo‘l berib, 9-16-o‘rinlarga nomzod jamoalar qatorida harakatlanmoqda. 

Bugun serbiyalik murabbiy Moro Branislav boshchiligidagi voleybolchi yigitlarimiz 1/8 finalda Fransiya jamoasiga mag‘lub bo‘lgan Braziliya voleybolchilari bilan kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, hamyurtlarimizning bugungi raqibi Braziliya terma jamoalari dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. Voleybol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining deyarli barchasida ishtirok etgan. Doimiy tarzda jahon chempionati qatnashchisi hisoblanadi. Braziliya voleybolchilari 1992, 2004 va 2016 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, 2002, 2006 va 2010 yillari jahon chempionligi maqomiga ko‘tarilgan. 

Ayni ma’lumotlardan kelib chiqib aytish lozimki, hozirda dunyo reytingida kuchli uchlikdan joy olgan Braziliyaning U19 jamoasi bilan O‘zbekiston U19 terma jamoasining kuch sinashishi hamyurtlarimizga katta mahorat darsi bo‘lishi bilan birga mamlakatimiz voleybolining xalqaro maydondagi o‘rni oshishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir. 

Eslatib o‘tamiz, Braziliya U19 – O‘zbekiston U19 jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun, soat 17:00 da Chirchiqdagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida boshlanadi. 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: jahon chempionatidagi bugungi raqibimiz – Braziliya terma jamoasi