O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Malayziyada o‘tgan Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etgan sportchilarimizning oila a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov yurtimiz sportchilarining nufuzli musobaqalarda munosib natijalarga erishishida ota-onalarning o‘rni beqiyos ekanligini, oilaviy muhit yorqin g‘alabalarni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Tadbir davomida mahoratli sportchilarning ota-onalariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. 

Uchrashuvda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatga erishgan Nikita Bibikov (65 kg.), Biloliddin Sharofiddinov (61 kg.), Rayxona Asanbayeva (41 kg.), Omadbek Otabekov (59 kg.) timsolida yurtimizda iste’dodli taekvondochi yoshlar tarbiyalanayotgani e’tirof etilib, joriy yil davomida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarga yosh sportchilarimizni tayyorlash, ularning kun tartibi belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlash lozimligi aytib o‘tildi. 

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining so‘nggi kunlarida Malayziyada o‘tgan qit’a birinchiligida yoshlarimiz 1 tadan oltin, kumush va bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, o‘smirlarimiz 3 ta oltin, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandi. 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatida zafar quchgan taekvondochilarning ota-onalariga ehtirom ko‘rsatildi