Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ikkinchi davra bahslari bugun boshlanadi va 3 avgust kuniga qadar davom etadi. Ilk kungi bahslarda "Buxoro" – OKMK va "Mash’al" – "Paxtakor" jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Milliy chempionatimizning 16-turidan o‘rin olgan "Mash’al" – "Paxtakor" uchrashuvi oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasini yodga olsak. Ushbu klublar chempionatlarda jami 39 ta uchrashuvda to‘qnash kelgan. Ularning 28 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 81/25 - “sherlar” foydasiga. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, “Paxtakor” safarda o‘tgan 19 bellashuvning 10 tasida g‘alaba, 5 tasida durang qayd etgan. 

"Mash’al" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida bugungi o‘yin G‘uzordagi "Markaziy" stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Superliga bahslarining 15-tur yakunlariga ko‘ra, “Nasaf” 33 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. “Neftchi” 30, “Dinamo” esa 29 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Superligasida 16-tur boshlandi