Gretsiya mamlakati mezbonligida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar qizg‘in pallaga kirdi.
Quvonarlisi, unda vazni -65 kg. bo‘lgan Muhayyo Rahimjonova kumush medal sohibi bo‘ldi. Bugun, 1 avgust kuni mazkur chempionatning 40 kilogrammgacha vazn toifasida yana bir vakilimiz Shohista Shonazarova oltin medal uchun o‘tadigan bellashuvda yaponiyalik An Nakanishiga qarshi gilamga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, erkin kurash bahslari ham boshlanadi. Unda quyidagi polvonlarimiz ilk bosqich uchrashuvlarini o‘tkazadi:
- 48 kg: Jahongir To‘lqinov — Attila Xegedush (Slovakiya);
- 55 kg: Abdumalik Jaloliddinov — Pavlo Ilnitskiy (Polsha);
- 65 kg: Shohiddin Aliyev — Avet Boymushakyan (Armaniston);
- 80 kg: Bunyod Rufatov — Beau Jozef Chartrand (Kanada);
- 110 kg: Bahrombek Rashidov — Riza Izaxar (Qozog‘iston)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA