Tailandning Bangkok shahrida U22 va U19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 25 ta davlatidan 367 nafar bokschi ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, chempionatda O‘zbekiston terma jamoasining 4 ta tarkibi qatnashmoqda.
Bugun, 1 avgust kuni musobaqada vakillarimizdan quyidagi 7 nafari ringga ko‘tariladi:
-48 kg: Maftuna Musurmonova - A’lonud Alhamdi (Saudiya Arabistoni),
-54 kg: Muslima Turg‘unova - Janel Imantayeva (Qozog‘iston),
-57 kg: Robiya Ravshanova - Yubeyen Seo (Janubiy Koreya),
-50 kg: Odilshoh Halimov - Akash Badvar (Hindiston),
-75 kg: Muhammadjon Yaqupboyev - Amirmahdi Sabzi (Eron),
-80 kg: Norbek Abdullayev - Lokesh (Hindiston),
+80 kg: Islam Salihov - Beksultan Kairatuli (Qozog‘iston).
Osiyo chempionatining ilk bellashuvlari mamlakatimiz vaqti bilan ikki dasturda 09:00 va 16:00 da boshlanadi. Chempionat 11 avgustgacha davom etadi. U19 yosh toifasidagi final janglari 10 avgust, U22 yo‘nalishdagi so‘nggi hal qiluvchi final bahslari esa 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA