Ayni paytda Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bugun ushbu mamlakat yetakchisi Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik munosabatlari misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib, barqaror taraqqiyot uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda, – deb yozdi vazirimiz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Davlatlarimiz rahbarlarining tinimsiz sa’y-harakatlari tufayli, ikki mamlakat o‘rtasida hech qanday hal etilmagan masala qolmadi.

Vazirning ta’kidlashicha, kun tartibida muhokama qilingan masalalar doirasi keng qamrovli bo‘lib, barcha yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Unga ko‘ra, infratuzilmadan tortib, gumanitar sohalargacha bo‘lgan qo‘shma loyihalar nafaqat ikki davlat manfaatlariga xizmat qilmoqda, balki butun mintaqa va undan tashqari hududlar taraqqiyotiga ham hissa qo‘shmoqda. 

– O‘zbekiston va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirliklari barcha erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettiradi, -deya ta’kidlagan B.Saidov.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston Prezidenti qabulida bo‘ldi