Har yili avgustning dastlabki haftasi Jahon ko‘krak suti bilan oziqlantirish haftaligi sifatida keng nishonlanadi. 1-7 avgust kunlari O‘zbekistonda “Ko‘krak suti bilan oziqlantirishga ustuvor ahamiyat: barqaror qo‘llab-quvvatlash tizimlarini yaratish” mavzusida haftalik start oladi.

Bu yilgi haftalik oldidan UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun seminar tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan ona suti hamda uning ona va bola uchun ahamiyati, bu boradagi muammolar va olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Tibbiyotda keltirilishicha, ko‘krak suti bilan oziqlantirish bolaning salomatligi va omon qolishini yaxshilashning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi, ammo hozirda 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarning yarmidan kami faqat ona suti bilan oziqlanadi. O‘zbekistonda 6 oylikkacha faqat ona suti bilan boqilayotgan bolalar ulushi 50 foiz. Bu ko‘rsatkichni 2030 yilgacha 70 foizga yetkazish maqsad qilingan. Ammo bu borada oilaviy muhit va noto‘g‘ri tushunchalar bilan bog‘liq muammolar bor.

– Go‘daklik davridan bolani to‘g‘ri ovqatlantirish nafaqat jismoniy salomatlik va rivojlanish, balki infeksiya xavfini kamaytirish, uzoq kelajakda ijtimoiy holatini rivojlantirishda ham muhim hisoblanadi. Shu bois ona suti har bir bola uchun hayot, har bir oila uchun baraka, har bir mamlakat uchun kelajak, – deya ta’kidladi Sog‘liqni saqlash vazirligining bolalar diyetologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Nilufar Ahmedova.

[gallery-24566]

Ushbu ijobiy amaliyot milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Ona va bola uchun afzalliklari mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarini kamaytiradi hamda kelgusida mehnatga layoqatli sog‘lom ishchi kuchi shakllanishiga yordam beradi.

Statistikaga ko‘ra, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish, ayniqsa, go‘daklarni birinchi 6 oygacha  istisnosiz ko‘krak suti bilan oziqlantirishning ko‘rsatkichini ko‘tarishga sarf qilingan har bir dollar 35 dollar iqtisodiy foyda keltiradi.

Seminar davomida ko‘krak sutining foydali jihatlari, xususan, ona salomatligiga ijobiy ta’siri, O‘zbekistonda ona suti bilan oziqlantirish darajasi kabi muhim masalalar muhokama qilindi. “Ko‘krak suti bilan oziqlantirish – sog‘lom kelajak sari yo‘l” mavzusidagi taqdimot ona suti bilan oziqlantirishni birinchi o‘ringa qo‘yadigan qonun va dasturlarni ommalashtirish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi faktlar bilan qiziqarli bo‘ldi.

– Bola tug‘ilgach, uni parvarish kilish, oziqlantirish kerak. Ona va bola sog‘lomligi hamshira va doyaga bog‘liq, lekin chaqaloqning ovqatlanishi bo‘yicha muammolarni hal qiladigan alohida mutaxassis lavozimini ham ochish maqsadga muvofiq. Bu bo‘yicha taklif berildi, – dedi Toshkent shahri bosh neonatologi Malika Usmonova.

Bundan tashqari, UNICEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bolalarni oziqlantirish bo‘yicha tavsiyalari e’lon qilingan. Unga ko‘ra, bola tug‘ilganidan keyin uni bir soat ichida ona suti bilan emizish, bolani hayotining dastlabki olti oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish, buni ikki yosh va undan ko‘proq davrgacha davom ettirish lozimligi aytilgan.

Nilufar Ahmedova qayd etishicha, ko‘krak sutining ona va bola salomatligi uchun ahamiyati o‘ta yuqori. Masalan, bu bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilib, ruhiy va ijtimoiy holatini yaxshilaydi. Shuningdek, ona suti bolalar diabeti, saraton va quloq  infeksiyalari rivojlanishi xavfini ham kamaytiradi.

Mutaxassislar ko‘krak suti bilan oziqlantirish qamrovini kengaytirish bo‘yicha takliflar ham bildirdi: aholi orasida tibbiy madaniyatni yanada yuksaltirish asosiy masala bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi. 

Yana bir muhim yo‘nalish shuki, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni 36-moddasida ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishni taqiqlash kiritilgan. Bugungi kunda ushbu hujjat mazmun moxiyati va axamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Yetakchi ekspertlar seminarda OAV vakillarini o‘z axborot resurslari, ilmiy-ommabop jurnallar va internet manbalarda “Ko‘krak suti afzalliklari” bo‘yicha maqolalar chop etish, mavzuni keng ommalashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga chaqirdi. Zuro, media vakillari mazkur haftalikni, umuman sohaning ayni bo‘g‘ini bilan bog‘liq xabarlarni ommaga keng yetkazib borishda muhim vositachi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyat ona suti bilan oziqlantirish uchun to‘sqinlik qiladigan barcha omillardan homilador va emizikli ayollarni himoya qilishi kerak. Ayollar ongli ravishda bolasini ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tanlashida unga to‘g‘ri ma’lumot taqdim etish, noto‘g‘ri ma’lumotdan ogoh qilish biz – jurnalistlarning ham burchimizdir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5Me7hb-W70g?si=pJrbUreYfTM0xf3R" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV, Asliddin ALIJONOV (surat), Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ona suti har bir bola uchun hayot, har bir mamlakat uchun kelajak” – mutaxassislar tahlili (+video)