Toshkent viloyatida 5 gektar maydonda rezavor mevalar yetishtirish bilan shug‘ullanib kelayotgan Bahodir Ibragimov bu sohada haqiqiy maktab yaratdi. U 1 gektar yerga golubika, 2 gektariga malina, qolgan maydonlarda maymunjon, qulupnay yetishtirib, 15 nafar shu atrofdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minladi. Bundan tashqari ko‘chatchilikda mavsumiy ishchilar jalb qilinadi. Asosiysi bu borada maktab yaratgan Bahodir akaning malina mevalari yirik, bozorbop, hattoki oq rangdagilari ham bor.

- O‘zbekistonga malinani asosan Yevropadan, Amerikadan olib keltirib, shu yerda bizni iqlim-sharoitimizga to‘g‘ri keladigan navlarni o‘rganamiz va shulardan ko‘paytirib, xalqimizga beramiz, - deydi tadbirkor Bahodir Ibragimov. – Chunki, bizdagi navlar hattoki meni yoshim bilan teng va haliyam Rossiyadan keltirilgan navlar dehqonlarimizda ko‘p. Shuning uchun bu navlarni o‘zgartirish maqsadida xo‘jaligimiz asosan yangi navlarni chetdan olib keltirib, tarqatyapmiz.Chunki bu o‘simliklarning mevasi raqobatbardosh, eksportbop bo‘lishi kerak...

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tZaoCcAN_tA" title="Malina – shifobash va serdaromad o‘simlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mazkur xo‘jalik Italiyadan keltirilgan qulupnayning yangi navini mahalliylashtirib, ko‘chatchiligini yo‘lga qo‘ydi. Xorijdan keltirilgan torfli tuproq o‘simlik ko‘chati uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi va ekilganidan so‘ng yaxshi rivojlanishiga ko‘maklashadi. 

Malina xalq tilida “xo‘jag‘at” deb ham ataladi. Yurtimiz tomorqalarida, tog‘li hududlarda keng tarqalgan qimmatli rezavor ekin. Uning mevasi ajoyib mazasi va xushbo‘y hidi bilan ajralib turadi. Ushbu shifobaxsh o‘simlik mevalari tibbiyotda terlatuvchi hamda isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Qadimda uning quritilgan gulidan olinadigan damlamasi hattoki ilon va chayon chaqqanda qo‘llanilgan. Malina mevasi yara kasalliklari, kamqonlik, qon tomirlari o‘tkazuvchanligining buzilishi kabi turli xastaliklarda juda foydalidir. Antibiotiklarga boy malina yuqori nafas yo‘llariga antiseptik ta’sir ko‘rsatishi hamda shamollashning oldini olish xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Malinachilik serdaromad tarmoq va bugun respublikamizning tog‘li hududlarida klasterlar tashkil etish, aholini ushbu o‘simlikni parvarish qilishga o‘rgatish va tomorqalarida yetishtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Albatta soha rivojiga e’tibor ushbu shifobaxsh ne’matning ko‘payishiga, tannarxining arzon bo‘lishiga xizmat qiladi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malina – shifobaxsh va serdaromad o‘simlik (+video)