Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Milliy gvardiya tizimlarida jamiyatda ayollarning salohiyati va ijtimoiy mavqeini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu tizimda xizmat qilayotgan ayollar nafaqat o‘zlarining kasbiy vazifalarini yuksak darajada bajarayotgan, balki yangi O‘zbekiston poydevorini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yetuk mutaxassislardir.
Zamonaviy harbiy tizimda ayollar faqatgina boshqaruv lavozimlarda emas, murakkab va mas’uliyatli yo‘nalishlar – jangovar tayyorgarlik, jamoat tartibi, texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida ham o‘z salohiyatlarini namoyon etmoqda. Bu, mamlakatimizda gender tenglikka qaratilayotgan e’tibor yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda o‘z ustida ishlagan, bilim olishga intilgan ziyoli opa-singillarimiz jamiyat taraqqiyotining kalitidir. Ularning mehnatsevarligi, sabri, tafakkuri bilan yangi muvaffaqiyatlarga eshik ochiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/1OZ6F2DiKcs?si=sN_WQ6T-DNurIrmI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev,
X.Abrayqulova,
A.Ahmedov(video), O‘zA