Ko‘pincha xorijlik tarixchi, manbashunos olimlar mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalarimiz hayotiga oid ilmiy tadqiqot va izlanishlar olib borganlarida “Yurtingiz yoshlari kimlarning avlodi, qanday ulug‘vor ma’naviy merosning vorislari ekanini teran anglashlari kerak”, degan xitobni eshitamiz. Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda kechayotgan ma’rifiy yangilanish jarayonlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimizning g‘urur va iftixorini yanada yuksaltiradigan, kelajakni boy merosimiz asosida yaratishga doir tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Poytaxtimizda barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimiz g‘ururiga g‘urur qo‘shadigan ana shunday muhtasham maskanlardan biridir. Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida bu yerda ulkan, sermazmun, shonli tariximiz, bebaho merosimizning mohiyatini teran ochib beruvchi ekspozitsiya shakllantirish ustida kechayu kunduz ish olib borilmoqda. 

Markazning muzey majmuasi ekspozitsiyasi bir nechta tarixiy zallarni o‘z ichiga oladi.  “Qur’oni karim zali”, “Islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans”, “O‘zbek xonliklari davri”, “XX asrda O‘zbekiston”, “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans”  kabi zallar shular jumlasidan.

Ushbu bo‘limlar sivilizatsiya rivojlanishining turli davrlarini aks ettiradi. Ayni paytda ko‘plab diniy-ma’rifiy va innovatsion media loyihalar ustida qizg‘in ish jarayonlari ketmoqda. 

Markaz ekspozitsiyasini shakllantirishda “Sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar” konsepsiyasi asosida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar mutaxassislari, muzeyshunoslar, tadqiqotchilar, dizaynerlar birlashib, kontentlarni tayyorlash ustida qizg‘in ish olib bormoqda. 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari, Ilmiy kengash raisi Firdavs Abduxoliqov boshchiligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun “Dolzarb 30 kunlik” e’lon qilindi. 

An’anaviy muzey yondashuvidan farqli ravishda, Markazda islom sivilizatsiyasi muzey eksponatlari bilan emas, balki buyuk shaxslar va ularning kashfiyotlari orqali taqdim etiladi. Bunday yondashuvni hozirga qadar dunyodagi birorta muzey qo‘llamagan. Hozirda mukammal ekspozitsiyani shakllantirish uchun 403 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi shunchaki ekspozitsiyalar to‘plami emas, balki bu yerda innovatsion texnologiyalar yordamida o‘tmish, bugun va kelajakni uyg‘unlashtirgan holda davrlar osha sayohat qilish muhiti yaratilmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ajdodlarimiz merosini o‘rganish maskani, balki yoshlar ilmiy-tadqiqot faoliyatida bevosita ishtirok etadigan faol ilmiy-ma’rifiy makonga aylanishi kerak” degan vazifalari bugungi kunda markazda ish olib borayotgan katta ilmiy-ma’rifiy jamoaning muhim dasturiga aylangan.

Bu boradagi vazifalarni bajarishda eng zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Masalan, “Vaqt yo‘lagi” innovatsion loyihasi barcha zallarni birlashtiradi. Shu tariqa tashrif buyuruvchilarga davrlar osha sayohat qilish va bir tarixiy davrdan boshqasiga o‘tish imkoniyati yaratiladi. 

“Vaqt kapsulasi” loyihasi tashrif buyuruvchilar uchun islom madaniyati qadriyatlariga asoslanib, kelajak avlodlarga xabarlar qoldiradigan interaktiv loyihaga aylanadi. Bu loyihada mehmonlar o‘z fikrlarini, tilak va istaklarini kelgusi avlodlarga yetkazish imkoniga ega bo‘ladilar. 

“Vaqt devori” loyihasi ulkan multimedia paneli bo‘lib, unda golografiya, installyatsiyalar, proyeksion texnologiyalar yordamida turli davrlarning muhim tarixiy bosqichlari, buyuk kashfiyotlari va mashhur shaxslari jonlanadi.

Ushbu texnologik yechimlarning barchasi tashrif buyuruvchilarni ekspozitsiya bilan tanishtiribgina qolmay, balki ularni asrlar osha qiziqarli sayohatga yuborish imkonini beradi. Mazkur ekspozitsiyalarni yanada takomillashtirish maqsadida mamlakatimizning olim va tadqiqotchilari, ilmiy jamoalari, muzeylari bilan birga xorijdagi ko‘plab nufuzli muzeylar, ilmiy-tadqiqot institutlari, kutubxonalar, ma’rifiy kompaniyalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shu tariqa, bugungi kunda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kuchli va yuksak salohiyatli ilmiy-tadqiqot platformasiga aylandi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini yanada zalvorli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston madaniy merosni o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati – WOSCU hamkorligida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”, “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitob-albomlarni nashr etish, bebaho qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini chop etish ko‘zda tutilgan.

Markaz ochilish marosimi doirasidagi “O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat mulki” mavzusidagi xalqaro ko‘rgazmada xorijda saqlanayotgan osori-atiqalar ko‘rgazmasini o‘tkazish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 40 dan ortiq xorijiy davlatdan 500 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari qamrab olindi. Mamlakatimiz madaniy merosiga qiziquvchi 5 ming nafardan ortiq olim, ekspert, media sohasi vakillari, mutaxassislar yagona maqsad yo‘lida hamkorlikda ishlab, alohida dastur asosida xalqaro forumlar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari o‘tkaziladigan muloqot platvormasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Dunyoning eng yetakchi kutubxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan birga ko‘rgazmalar tashkil etish, xalqaro to‘plamlarda saqlanayotgan noyob artefaktlarning vaqtinchalik va doimiy ekspozitsiyalarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganayotgan xorijiy olimlarni birlashtiruvchi ilmiy jamiyatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Umumiy hisobda esa, O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 50 ga yaqin yirik kolleksionerlarni jalb etish kutilmoqda. Bu jahon muzeyi amaliyoti tarixidagi noyob hodisa bo‘lib, dunyoning o‘nlab yetakchi muzeylari bitta mamlakat, ya’ni O‘zbekiston merosi atrofida birlashadi.

Xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qadimiy yodgorliklarning yuqori sifatli nusxalarini yaratish va madaniy merosni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratiladi. Prezidentimizning ko‘rsatmasiga ko‘ra, xalqaro ko‘rgazmalar uchun tarixiy ob’ektlarning aniq nusxalari tayyorlanadigan maxsus laboratoriya va ustaxona tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, tarixiy yodgorliklarning zamonaviy 3D  nusxalarini yaratish va qayta tiklash uchun yangi texnologiyalar joriy etiladi.

Markazda bolalar va o‘smirlar uchun ta’lim platformasini yaratish bo‘yicha ham faol ishlar olib borilmoqda. Bu loyiha yoshlarga o‘tmishdagi buyuk tarixiy shaxslar, olimlar, sarkardalar bilan interaktiv tarzda “muloqotga kirishish” imkonini beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizning qurdatli ma’rifiy salohiyati, boy madaniy merosini namoyish etuvchi ushbu muhtasham maskan yangi O‘zbekistonning o‘ziga xos ma’rifiy tashrif qog‘oziga aylanishiga shubha yo‘q. 

Nazokat Usmonova, 

O‘zA muxbiri 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonning muhtasham ma’rifiy maskani