Tabiatni, atrof-muhitning betakror go‘zalligi va xilma-xilligini tarannum etuvchi "Viki Yerni sevadi—2025" xalqaro tanlovining O‘zbekiston bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

Joriy yilgi tanlovda qatnashish uchun 30 nafar ishtirokchi tomonidan umumiy hisobda 663 ta surat taqdim etilgan. Har bir suratda nafaqat mamlakatimizning go‘zal manzaralari, balki ishtirokchilarning tabiatga bo‘lgan chuqur mehr-muhabbati, ijodiy qarashi ham aks etgan. Bu yilgi tanlov suratlarining sifati o‘ziga xos yuqori darajaga ko‘tarilgan, bu esa hakamlar uchun eng yaxshi suratlarni tanlashda qiyinchilik tug‘dirgani tabiiy.

Tanlov natijasida 663 ta surat ichidan 13 ta eng yaxshi rasm tanlab olindi. Ushbu suratlar 5 nafar ijodkor tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular mamlakatmizning go‘zalligini eng yuqori san’at asari darajasida aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Endi ushbu suratlar xalqaro bosqichda ishtirok etadi va O‘zbekiston tabiatining boyligi va uning saqlanishi borasidagi g‘amxo‘rlikni butun dunyoga namoyish etadi. Bu yurtimizni global miqyosda tanitish, xalqaro hamjamiyat e’tiborini mamlakatimiz tabiiy boyliklariga qaratish uchun noyob imkoniyatdir. O‘tgan yilda ham O‘zbekiston tabiati aks ettirilgan suratlar xalqaro bosqichda yuqori baholanib, g‘oliblar qatoriga kirgan edi. Bu esa yurtimizning tabiiy go‘zalligi yana bir bor tasdiqlaydi.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yillarda tanlovga 100 dan ortiq muallif tomonidan 5330 ta surat yuklangan, shuningdek, ulardan biri xalqaro tanlovda g‘oliblar qatoridan o‘rin olgan edi.

X.Bayonov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yana "Viki Yerni sevadi" xalqaro fotosurat tanlovida ishtirok etadi