Rossiyaning Kamchatka yarimoroli sohilida 8,7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Orolning sharqiy sohiliga 3–4 metr balandlikdagi sunami to‘lqinlari urildi. Bu haqda AQSH Geologik xizmatiga tayanib BBC xabar berdi. Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmatiga ko‘ra, zilzila markazi Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 136 kilometr sharqda, 18 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Zilzila sabab Tinch okeanining shimoliy qirg‘oqlari — Kaliforniyagacha bo‘lgan hududlarda balandligi 3 metrgacha yetishi mumkin bo‘lgan sunamilar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Kamchatka yarimorolidagi 8,7 balli kuchli zilzilaga qaramay, shifokorlar bemorni operatsiya qilishni davom ettirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi. Shifokorlar zilzila payti onkologik dispanserda jarrohlik amaliyotini bajarayotgan bo‘lgan. Kamchatka sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Melnikovga ko‘ra, ular “xotirjamlikni saqlab, oxirigacha bemorning yonida bo‘lgan”.

Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbuldan Antaliyaga uchayotgan samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida tutay boshladi. Yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda aeroportdagi vaziyatni aks ettiruvchi videolar tarqaldi. Boeing 777 samolyoti Antaliya aeroportiga qo‘ngandan so‘ng shassisidan tutun chiqishni boshlagan. Aviakompaniya yo‘lovchilar xavf ostida qolmagani, biroq ehtiyot chorasi sifatida samolyotdan evakuatsiya qilinganini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 29 iyul kuni 60 yoshdan oshgan fuqarolarga harbiy holat davrida armiyaga ixtiyoriy tarzda qo‘shilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Yangi qonunga ko‘ra, katta yoshli ko‘ngillilar jangovar bo‘lmagan hamda ixtisoslashtirilgan lavozimlarda xizmat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu Rossiya bilan davom etayotgan urush fonida harbiylar yetishmovchiligiga duch kelayotgan Ukraina armiyasi uchun katta imkoniyat yaratadi.

Eron Marv (Turkmaniston) va Dushanbe (Tojikiston) shaharlariga temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Eron milliy temiryo‘l kompaniyasi bosh direktori xabar berdi. Yangi yo‘nalishlar Eronning transport infratuzilmasini zamonaviylashtirish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Direktor Eronni Turkiya, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan ikkita yangi temiryo‘l yo‘nalishi tez orada ishga tushirilishini aytdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/It5EwDYGDs4" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)