Yaqin Sharq mintaqasida tinmayotgan ziddiyatlar Yevropaning ijtimoiy – siyosiy muhitiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, deyish mumkin. Gap shundaki, yaqinda Gretsiyaning Krit orolida Falastin tarafdorlari yana bir bor Isroil sayyohlarining mamlakat hududiga kirishini to‘xtatishga urinishdi. Bu galgi nishon — mashhur kruiz laynerida orolga tashrif buyurgan isroillik sayyohlar bo‘ldi.

Kecha kema Krit orolidagi Ayos Nikolaos portiga yaqinlashgan. U yerda uni Falastin bayroqlari va norozilik bannerlari bilan qurshagan namoyishchilar kutib turgan. Sayyohlik kemasi Sirosor oldidagi oldingi vaziyatni xotirlab, xavfsizlik sababli langarni ko‘tarishga va to‘xtamaslikka qaror qilgan. Ammo mahalliy hokimiyat bunday vaziyatga tayyor turgani uchun sayyohlarning kemadan tushib avtobuslarga chiqib olishlariga ko‘maklashgan.

Tartibsizliklar chog‘ida namoyishchilar sayyohlik avtobuslariga shishalar uloqtirishgan, politsiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Bu kabi voqealar avvalroq Siros va Rodos orollarida ham sodir bo‘lgan edi. Rodosdagi namoyish vaqtida 8 kishi, jumladan, sobiq deputat Yevangeliya Panai hibsga olingan edi.

Yevangeliya Panai “Ozodlik sari yo‘l” partiyasi a’zosi sifatida bu ishlari uchun politsiyani noqonuniy zo‘ravonlikda ayblamoqda. Sud uning ishini ko‘rib chiqishni 1 avgustga qoldirgan. Voqealarning bunday tus olayotgani Gretsiya orollaridagi tijorat egalariga yoqmayapti va ular bunga o‘z noroziliklarini bildirmoqda.

Gretsiya ichki ishlar vaziri bu kabi namoyishlar faqat xavfsizlikni emas, balki o‘lkaning xalqaro nufuzi va iqtisodiyotini ham tahdid ostiga qo‘yayotganini ta’kidlagan. 

– Kimki uchinchi davlat fuqarosining qonuniy ravishda Gretsiyaga kirishiga to‘sqinlik qilsa, irqchilikka qarshi qonun asosida javobgarlikka tortiladi, -degan u. 

Isroillik sayyohlar Gretsiya uchun muhim iqtisodiy omil hisoblanadi — yillik 600 mingdan ortiq isroillik
sayyoh mamlakat turizm sohasiga katta foyda keltiradi. Shuningdek, ular ko‘chmas mulk bozorida Xitoy va Turkiya fuqarolari bilan bir qatorda faol sarmoyador sifatida qayd etilmoqda.

Gretsiya hukumati mazkur vaziyatdan keyin Isroil fuqarolarini himoya qilish uchun maxsus huquqiy choralarni ko‘rishga tayyor ekanini bildirgan. Bundan tashqari, portlar atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

G‘azodagi fojeaviy voqealar Yevropa jamoatchiligi orasida ham jiddiy ta’sir uyg‘ota boshladi. Ammo ushbu ta’sir bevosita xalqaro munosabatlar va iqtisodiy manfaatlar bilan to‘qnashganda, masala yanada murakkab tus olmoqda.

Gretsiya bu vaziyatda ikki o‘t orasida qolgan, deyish mumkin. Bir tarafda inson huquqlari va siyosiy faollik, ikkinchi tomonda esa sayyohlik iqtisodi va xalqaro sheriklik masalalari bor. Yaqin kelajakda bu masala qanday yechim topishi — mamlakatning huquqiy pozitsiyasi va jamoatchilik munosabatiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/b_KRBXUwv0I" title="Gretsiya: Siyosiy beqarorlik turizmga ta’sir qilmoqdami?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiya: Siyosiy beqarorlik turizmga ta’sir qilmoqdami? (+video)