Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyulda qabul qilgan 458-sonli qarori bilan transport vositalari egalari uchun majburiy sug‘urta summasi 40 million so‘mdan 80 million so‘mgacha oshirilgani keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘ldi. Xususan, bu borada 2024 yil 1 martdagi Prezidentimizning

“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu hujjat bilan mamlakatimiz sug‘urta bozorini keng isloh qilish bo‘yicha bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan chora –tadbirlar tasdiqlangan edi. 

Bu esa yurtimizdagi eng ommaviy sug‘urta turlaridan biri hisoblanmish, majburiy sug‘urtaning lokomotivi bo‘lgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi (OSAGO) bo‘yicha soha mutaxassislari va haydovchilar tomonidan kutilgan o‘zgartirishlar kiritilishiga sabab bo‘ldi. 

Bugungi kunda halqimizning turmush tarzi, daromadlarining o‘sib borayotganligi sababli har bir xonadonda avtoulov vositalari bor deya olamiz. Yo‘ldagi avtoulovlarning katta oqimi ham so‘zimizning isbotidir. Shu bilan birga bu holatda yo‘l transport hodisasiga uchrash ehtimoli ham ortib boradi. Aynan shundayin kutilmagan holatlarda uchinchi shaxslarning (jabrlanuvchi) himoyasini ta’minlashi o‘ta muhim hisoblanadi. 

Shu kunga qadar sug‘urta hodisasi uchun to‘lab beriladigan to‘lovlar summasi 40 mln so‘mni tashkil etib, sug‘urta pulining 35 foizi, ya’ni 14 mln so‘mi jabrlanuvchi mol-mulkiga, qolgan 65 foizi ya’ni 26 mln so‘mi jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash uchun yo‘naltirilgan. 

Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsak, to‘lovlar summasi yurtimizdagi iqtisodiy o‘sishdan ancha ortda qolgan edi va sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan maksimal to‘lov amalga oshirilgan taqdirda ham bu mablag‘ zararlangan mol-mulk uchun yetarli emas edi. Agar jabrlanuvchilar ikki yoki undan ham ko‘p bo‘lganda esa 14 mln so‘m proporsional ravishda taqsimlanib, to‘lov summasi yanada kamayardi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, amaldagi 40 mln so‘m (3.1ming dollar) Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlariga nisbatan eng past ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.

Yuqoridagi xolatlar va sabablarni inobatga olgan holda 2026 yilning 1 yanvaridan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasini 80 mln so‘mgacha (amalda 40 mln so‘m) oshirilishi belgilandi, bu esa o‘z navbatida YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ning bugungi kun talabiga mos ravishda bo‘lishiga xizmat qiladi.

- Narxlarning oshib borayotganini hisobga olsak, bugungi kunda 40 million so‘mlik sug‘urta limiti (umumiy kompensatsiya summasining 35%) 14 million so‘m — mol-mulkka yetkazilgan zarar, 26 million so‘m — hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar yetarli bo‘lmayapti, -deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sug‘urta ishi kafedrasi mudiri Xo‘jayor Shinnayev. - Yo‘llarda turli ijtimoiy guruhdagi odamlar harakatlanadi — ba’zilar zarar summasining ortiqcha qismini o‘z hisobidan to‘lab bera oladi, lekin masalan, asosiy ish faoliyati taksichilik bo‘lgan haydovchilarda bunday imkoniyat yo‘q. Shu nuqtai nazardan, sug‘urta summasining 80 million so‘mgacha oshganligi, mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun 28 million so‘m etib belgilanishi, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun 52 million so‘mga (65%) ko‘paygani ijtimoiy adolatni ta’minlanishiga xizmat qiladigan omil hisoblanadi.

Mazkur o‘zgarishlardan so‘ng viloyatlarda tuziladigan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lovi 160 ming so‘m, Toshkent shahrida esa 192 ming so‘mni tashkil etadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/v0LiUNyVWSY" title="Sug‘urta tizimida inson manfaatlari himoyasi takomillashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sug‘urta tizimida inson manfaatlari himoyasi takomillashmoqda (+video)