Hozirgacha 200 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani katta samara bergani ta’kidlandi. Natijada 420 million kubmetr suv iqtisod qilinib, qo‘shimcha 65 ming gektarda meva-sabzavot yetishtirish imkoniyati yaratildi.

Ushbu ishlar uchun o‘tgan yili 2,6 trillion so‘m, joriy yil esa 1,2 trillion so‘m sarflandi. Yil yakunigacha yana 10 ming gektarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 200 ming gektarni lazerli tekislash uchun 1 mingta texnika xarid qilish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil uchun zarur mablag‘larning moliyaviy manbasini hal qilish, kelasi yil dasturi uchun 2 trillion so‘m resurs shakllantirish topshirildi.

Prezidentimiz dala chetiga ekin ekish, kooperatsiyalar bo‘yicha qonunlar va Suv kodeksining qabul qilingani suv tanqisligi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Endi deputat va senatorlar, mahalliy Kengash vakillari qishloq xo‘jaligida daromadni oshirish, eksportni rag‘batlantirish, tadbirkorlarni standartlar joriy qilish va sertifikat olishga o‘rgatish bo‘yicha faol bo‘lib, qonunchilikka oid yangi taklif bersalar, bu ham maqsadga muvofiq bo‘lishi ta’kidlandi.

Hukumatga shtab tashkil qilib, eksportchi, issiqxonachi va boshqa meva-sabzavot yetishtiruvchilar bilan doimiy muloqot platformasini ishga tushirish, tadbirkorlarning davlat idoralari bilan bog‘liq barcha muammolarini aniqlab, joyida hal qilib borish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarning namunali tajribalari ko‘rib chiqildi, mutasaddilarning axboroti tinglandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportchi, issiqxonachi va boshqa meva-sabzavot yetishtiruvchilar bilan doimiy muloqot platformasi ishga tushiriladi