Odam savdosi – eng xunuk va jirkanch illatlardan biri bo‘lib, kuch bilan tahdid qilish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, g‘arazli maqsadlarda odamlardan foydalanish kabi inson huquqlariga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardir. Bugun butun dunyoda odam savdosi inson haq-huquqlari va erkinliklariga qarshi eng og‘ir jinoyatlardan biriga aylangan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 100 minglab inson turli va’dalar, aldovlar yoki majburlash orqali mehnat va jinsiy ekspluatatsiya qurboniga aylanadi. Xalqaro migratsiya tashkiloti tahlillariga ko‘ra, har uchinchi jabrlanuvchi bola, har beshinchi kishi esa xalqaro tranzit orqali savdo qurboniga aylanadi. Eng achinarlisi, jabrdiydalar orasida ayollar, bolalar va mehnat muhojirlari ko‘pchilikni tashkil etadi.  

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ushbu muammoga qarshi qat’iy huquqiy va institutsional choralar ko‘rilmoqda. Xususan, davlat, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat tashkilotlar va xalqaro tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib, bu illat oqibatlarining oldini olish, jamoatchilikda huquqiy ong va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, odam savdosi jabrdiydalarini tezkor aniqlab, samarali reabilitatsiya qilish hamda ularga psixologik, huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatib, jamiyatga qaytarish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 5 noyabrdagi tegishli qarori asosida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi tashkil etilgan. Markazda odam savdosidan jabrlangan va jabrlangan deb hisoblangan shaxslarga ijtimoiy, psixologik, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatish, ularni jamiyatga qayta moslashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, shaxsiy hujjatlarni tiklashga ko‘maklashish va barcha xizmatlarni shaxsiy maxfiylik tamoyili asosida amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. 30 o‘ringa mo‘ljallangan markazda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, u yerda qolish muddati 30 kunni tashkil etadi. Zarurat tug‘ilganda esa 3 oygacha uzaytirilishi mumkin. Agar jabrdiydaning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida bo‘lsa, maxsus muddatgacha uzaytirish amaliyoti ham nazarda tutilgan. Shu bilan birga, har bir fuqaro markazni o‘z xohishiga binoan istalgan paytda tark etish huquqiga ega.

Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar yurtimizda inson qadri ulug‘ligini, uning sha’ni, huquq va manfaatlari davlat himoyasida ekanligini namoyon etadi.  

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan 30 iyul – Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan iyulda “Biz odam savdosiga qarshimiz!” oyligi o‘tkazildi.  

Mazkur oylik davomida barcha hududda ushbu yo‘nalishda jamoatchilik bilan o‘zaro muloqotlar, davra suhbatlari tashkil etildi, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari olib borildi, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Mazkur sohadagi qonunchilik, ijtimoiy himoya va reabilitatsiya ishlarini yanada kengaytirish masalalari tegishli mutasaddilar bilan muhokama qilindi. Bu kabi sa’y-harakatlar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va insoniylik tuyg‘ulari keng quloch yoyishiga, aholining huquqiy madaniyati yuksalishiga xizmat qiladi.  

Odamiylik chegarasidan chiqib, insonning insonga tahdid qilishi, odam savdosi kechirib bo‘lmas va xavfli jinoyatlardandir. Bunday jirkanchlikning oldini olish uchun, avvalo, odamlarning huquqiy saviyasini yuksaltirish, turli aldov va chaqiriqlarga uchmaslik immunitetini shakllantirish lozim.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har yili 100 minglab inson mehnat va jinsiy ekspluatatsiya qurboniga aylanadi