Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Bugungi kunda yangi bog‘larni barpo qilish va eskilarini yangilash uchun 350 million dona virusdan xoli, serhosil va eksportbop meva ko‘chatlariga ehtiyoj borligi qayd etildi.  

Respublika bo‘yicha 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyalari tashkil qilindi. Ular ishni eng avvalo zamonaviy mahsulotni ko‘paytirishdan, ya’ni urug‘, ko‘chat va o‘g‘itdan boshlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mas’ullarga “Agrostar” kompaniyalari uchun zamonaviy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etish, 16 ta tumanda saqlash, qadoqlash, saralash va qayta ishlashni o‘z ichiga olgan bittadan zamonaviy agromajmuani ishga tushirish topshirildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
16 ta tumanda saqlash, qadoqlash, saralash va qayta ishlashni o‘z ichiga olgan bittadan zamonaviy agromajmua ishga tushiriladi