Shu kunlarda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i va “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan A.Djurayev va boshqalarga nisbatan chiqarilgan sud qarori keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov rasmiy munosabat bildirdi.   

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025 yil 3 fevraldagi hukmiga ko‘ra A.Djurayev va “Toshshahartransxizmat” AJ hamda AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining 20 nafar xodimi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.  

Dastlabki tergov jarayonida 21 nafar sudlanuvchidan 10 nafariga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Sud tomonidan 6 ta sudlanuvchiga nisbatan (A.Djurayevga 7 yil 6 oy muddatga) ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.  

Xususan, 6 nafar sudlanuvchi qamoqdan ozod qilinib, ochiqda bo‘lgan 2 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olingan.  

Sud hukmi bilan sudlanuvchi A.Djurayev va boshqalardan 2 475 687 526 so‘m undirilishi belgilangan hamda sudlanuvchilarga tegishli 2 ta uy-joy yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilgan va zarardan ortgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.  

A.Djurayev va 10 nafar sudlanuvchi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari va prokuror keltirgan protest asosida ushbu jinoyat Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan bo‘lib, sud jarayoni davomida sudlanuvchilar tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.  

Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmasligi belgilangan.  

Shu bois, apellyatsiya sudining 2025 yil 5 iyundagi ajrimi bilan asosiy jinoyat bo‘yicha yetkazilgan zarar qoplanganligi sababli sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga to‘langan pullar davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.  

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larga olingan va zararni qoplashga qaratilgan 2 ta uy-joy davlat foydasiga musodara qilindi.  

Endilikda, ushbu ajrimdan norozi taraflar Jinoyat-protsessual kodeksining 510-moddasi (taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari) talablariga muvofiq Toshkent shahar sudiga taftish tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga haqliligi ma’lum qilindi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud transport xizmati bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi