Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri oziq-ovqat yetishtirishga berilgani, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, 100 ming tonna saqlash, 70 ming tonna quritish, 46 ming tonna saralash va qadoqlash quvvatlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Shu oyda O‘zbekiston Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashi a’zoligiga saylandi.

–Bu milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilishda biz uchun katta imkoniyat, –  dedi Prezident.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi uch yilda 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushdi