Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan mamlakatni rivojlantirish uchun Armaniston hududi orqali Ozarbayjonni Naxichevan muxtoriyati bilan bog‘laydigan Syunik viloyatining “darvozalarini ochish” kerak, deb hisoblaydi.

Avvalroq, AQSHning Turkiyadagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barrak Qo‘shma Shtatlar Boku va Yerevan o‘rtasidagi muzokaralarni olg‘a siljitish maqsadida Eron chegarasi yaqinidagi “Zangezur” deb ataladigan transport yo‘lagini boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Armaniston bosh vazirining matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan ushbu xabarga munosabat bildirar ekan, Armaniston o‘z hududi ustidan nazoratni uchinchi tomonga o‘tkazish va Ozarbayjonni Naxichevan muxtoriyati bilan bog‘lash imkoniyatini muhokama qilmayapti, deya ta’kidladi.

Ma’lumki, Ozarbayjon o‘zining asosiy hududini Naxichevan bilan bog‘lash uchun “Zangezur” transport yo‘lagini qurish kerak, deb hisoblaydi. Biroq Yerevan yo‘lak g‘oyasiga qo‘shilmasligini ma’lum qilgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerevan Ozarbayjonga “darvozalarni ochish”ni taklif qildi