Kecha Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo‘yicha “Esports World Cup Chess” turnirining dastlabki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“D” guruhida “NAVI” jamoasi safida dona surayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ilk turda qora donalarda norvegiyalik Magnus Karlsenga, “S” guruhida “Team Vitality” tarkibida harakatlanayotgan Javohir Sindorov oq donalarda amerikalik Hikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 30 iyul kuni Abdusattorov qora donalarda Fabiano Karuana bilan, Javohir Sindorov Vey I bilan kuch sinashadi.

Aytish lozim, mukofot jamg‘armasi 1 million 550 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli shaxmat turniri ilk bor “Esports World Cup” kibersport o‘yinlari tizimiga kiritilgan bo‘lib, unda g‘oliblikka erishganlar 250 ming AQSH dollariga ega chiqsa, 13-16-o‘rinlardan joy olganlar 50 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot sohibiga aylanadi.

Turnirning g‘olib va sovrindorlari 1 avgust kuni aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Esports World Cup Chess": Abdusattorov Karuana bilan, Sindorov Vey bilan kuch sinashadi