Avval xabar berganimizdek, Singapur suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Chempionat doirasida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov XOQ Prezidenti Kirsti Koventri va Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al Musallam bilan uchrashdi.

Dastlab, sportimiz mutasaddilari “World Aquatics” rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Husayn Al Musallam  Shahnoza Mirziyoyevani tashkilot Ijroiya qo‘mitasi byurosining tarkibiga saylangani bilan qutladi. Suhbat davomida mamlakatimizda suv sporti turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha birgalikda “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish borasida fikr almashdi.

Tomonlar uchrashuvda jadal sur’atda rivojlanayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan mamnun ekanliklarini bildirdi. Shuningdek, uchrashuv davomida istiqbolli hamkorlikning yangi qirralari, xususan, yurtimizda suv sporti turlari bo‘yicha malakali kadrlarni yanada ko‘paytirish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Kirsti Koventri hamda Olimpiya birdamligi dasturi direktori, XOQning Milliy olimpiya qo‘mitalari bilan ishlash departamenti rahbari Jeyms Makleod bilan uchrashuv ham yuqori saviyada, samimiy o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Kirsti Koventriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Milliy olimpiya qo‘mitasining raisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tabriklari yetkazildi. Koventri xonim ham o‘z navbatida Shahnoza Mirziyoyevani Butunjahon suzish federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi byurosining tarkibiga kirgani bilan muborakbod etdi.  

Rasmiylarimiz uchrashuv davomida XOQ rahbarini O‘zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish sohasida erishilgan natijalar va hozirgi holat bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida mamlakatimizga taklif etdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportimiz rasmiylari XOQ va “World Aquatics” rahbarlari bilan uchrashdi