Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp sayyoramizda kechgan beshta qurolli mojaroni to‘xtatgani bilan maqtandi. Bu haqda u Shotlandiyaning Aberdin shahrida “Trump International Golf Links” yangi golf maydonining ochilish marosimida aytib o‘tdi.
– Ma’lumki, biz kecha Tayland va Kambodja o‘rtasidagi mojaroni to‘xtatishga sababchi bo‘ldik, - dedi u “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerga Shotlandiyadagi uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi.
Trampning Shotlandiyaga tashrifi 25-29 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi.
Tashrif chog‘ida Tramp Tayland va Kambodja o‘rtasidagi ziddiyat uning shaxsiy aralashuvidan so‘ng bartaraf etilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha allaqachon kelishib olgan.
S.Rahimov, O‘zA