Andijon viloyatining Andijon tumanida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro 2023 yildan boshlab “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining media targ‘ibotchilari ta’siriga tushib, tashkilotning “hijrat” va “jihod” qilishga, “shahid” ketishga da’vat qiluvchi, diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, materiallarini ijtimoiy tarmoqdagi profillari orqali tarqatadi.

XTT a’zolari bilan doimiy aloqaga kirishib,  tashkilot safida “jihod” amalini bajarish orqali qurolli to‘qnashuvlar va terroristik harakatlarda ishtirok etishni rejalashtiradi.

Bundan tashqari, ushbu fuqaro XTT a’zolariga bevosita moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida muntazam ravishda pul mablag‘larini jo‘natadi. Xususan, 2023-2024 yillar davomida umumiy hisobda kriptovalyuta orqali 2912 AQSH dollari va bank kartalari orqali 4 mln 190 ming so‘m pul mablag‘i yuboradi.

Keyinchalik, 2023-2024 yillarda Suriyadagi terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi orqali 2 marotaba Turkiya davlatiga boradi. Ammo, Suriya davlatiga o‘tishni imkoni bo‘lmagach, XTT a’zosining ko‘rsatmasi  bilan Afg‘onistonga borib, “Islom jihodi ittihodi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni reja qiladi. Eron davlati orqali Afg‘onistonga o‘tishga uringan ushbu shaxsning  rejasi oxiriga yetmay

2024 yilning noyabr oyida qo‘lga olinadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tumani sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 1552-moddasi 1-qismi, 1553-moddasi 2-qismi “a” bandi,

2441-moddasi 3-qismi “g” bandi va 2442-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tavhid va jihod katibasi” XTT tarafdoriga hukm o‘qildi