Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni madaniyat va san’at sohasida boshqaruvni takomillashtirish, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Aytish kerak, O‘zbekiston YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi, Buxoro zamonaviy san’at biyennalesi kabi nufuzli anjumanlarga mezbonlik qilayotgani soha yutug‘i va rejalar ko‘lamini oshiradi, mas’uliyat ham yuklaydi, albatta.Davlatimiz rahbariga sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar xususida ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Elmurod NAJIMOV O‘zA muxbiriga intervyu berib, taqdimotda ilgari surilgan taklif-tashabbuslar mazmun-mohiyati, boy madaniy merosimizni targ‘ib etuvchi loyiha va rejalar xususida so‘z yuritdi.
Sentyabr oyining boshida start olib, noyabr oxiriga qadar davom etadigan Buxoro birinchi zamonaviy san’at biyennalesi 40 davlatdan 70 nafar mashhur rassomni bir nuqtaga jamlaydi. Mutaxassis tadbirga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi ketayotganini ta’kidlab, anjuman istiqboli, kutilayotgan natijalarga ham to‘xtaldi.
Intervyuda milliy va jahon san’atining sara asarlarini aholiga chuqur yetkazish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilayotgani, jumladan, konsert dasturlari, ko‘rgazmalar tashkil etilayotgani mamlakat imijini shakllantirishda muhim omillar ekani qayd etildi. Jamg‘arma tashabbusi bilan o‘tayotgan xalqaro tadbirlar xorijlik sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi va turizm rivojlanishiga turtki beradi.
Kreativ iqtisodiyot jamg‘armaning eng muhim loyihalaridan biri sifatida e’tirof etilyapti. Rejaga ko‘ra, kelgusi besh yilda kreativ iqtisodiyot hajmini ikki karra ko‘paytirish, yalpi ichki mahsulotdagi ulushini besh foizga yetkazish maqsad qilingan. Elmurod Najimov mazkur yo‘nalishda ham qilinadigan ishlar haqida atroflicha fikr bildirdi.
Videoni batafsil O‘zAning YouTube tarmog‘i orqali tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hoRfQAgVz6g" title="Madaniy diplomatiya – mamlakat imijini shakllantirishdagi muhim omil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV, Abror SODIQOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA