Singapurda suv sport turlari bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro suzish federatsiyasi (World Aquastics)ning navbatdagi kongressi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zoligiga saylandi.

Kongressda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Kirsti Koventri, MOQning sobiq rahbari Tomas Bax, Xalqaro suzish federatsiyasi rahbari Xusseyn Al-Musalam ishtirok etib, 2026 yilgi musobaqalar mundarijasi belgilab olindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2026 yilgi jahon chempionati Xitoyda tashkil etilishi e’lon qilindi. Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zolarining taklifi va qo‘llab-quvvatlashi tufayli kelgusi yili jahon kubogining bosqich musobaqalariga Toshkent, Ostona va Boku shaharlari mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi byurosi a’zoligiga saylandi