“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Yoz chillasi. Erta tongdan quyosh ko‘zni qamashtiradi. Qo‘shni so‘roqlab keldi. Quyuq salomlashgach, muddaoga o‘tib qo‘ya qoldi:

– Hamsoya uzr, sizni bezovta qildim. Chegaradagi savdo markazi (“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi, demoqchi)ga borib kelmaymizmi?

– Ertalabdanmi..?

– Dam olish kuni ekan. Vaqtingiz bo‘lsa kerak. Bir aylanib, tomosha qilib qaytsak, degandim. Yetib olgunimizcha kun ham yaxshigina qizdirib boshlaydi. Ko‘p qolib ketmaymiz. U yoq, bu yog‘ini tomosha qilamiz. Afg‘onlarning bir ko‘k choyi bor ekan. Sizga o‘sha choyni tavsiya qilmoqchiman. Ta’mi xushbo‘y. Bir necha kun ichgan edim qon bosimim chiqmay qoldi. Kechki payt shu choydan ichib yotsam, juda tinch uxlayapman. 

– Eee, shunaqa, deng. Do‘konlarida qadoqlangan za’faron ham bor. Olsangiz, zarar qilmaydi. Qadimdan shifobaxshligi bilan dunyoda mashhur bo‘lgan noyob o‘simlik. 

Qo‘shnimning yoshi yetmishdan oshgan. Ko‘rinishi tetik. Xushfe’l. Gurunglari sermazmun. Davralarda ko‘p gapirmaydi. Subhidamdan yayov yurib, ko‘cha aylanadigan odati bor. Goho sog‘ligidan andak shikoyat qilib turar edi. Bugun chehrasi juda ochiq. Qon bosimi ko‘tarilmayotganini eshitib, suyundim. O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasidagi xalqaro savdo markaziga birga boradigan bo‘ldik.

***

O‘tmishdan qadimiy Termiz dunyoning yirik savdo-madaniy markazi sifatida G‘arbu Sharqni bir-biriga bog‘lab turgan. Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida yashaydigan o‘zbek va afg‘on xalqlarini esa yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro do‘stlik rishtalari, muqaddas diniy-ma’naviy qadriyatlar, bir-biriga o‘xshash udumlar birlashtirgan. Ajdodlarimiz savdo-sotiq, ilm-fan va boshqa sohalarda hamkorlik qilgan. Bir necha ming yillik tarix bog‘lab turadigan bu aloqalar xalqlarimizning birgalikda noyob madaniyat yaratishida muhim o‘rin tutgan. Buyuk ipak yo‘li va undan avvalgi davrlarda ham eski kent mintaqalarni bir-biri bilan bog‘lovchi muhim markaz, jahon xalqlarining xalqaro tijorat va muloqot maydoni sifatida dong taratgan. Shaharsozlik, hunarmandlik, ilm-fan, dehqonchilik, savdo rivojlangan. Afsuski, o‘tgan asrda ikki xalq o‘rtasidagi muloqotga sun’iy to‘siq qo‘yildi. Savdo, madaniy va boshqa aloqalarga darz ketdi. Amudaryo yoqalab, simto‘r o‘rnatildi... 

Savdo markazi tarafga yo‘lga chiqayotib, qo‘shniga yuzlandim:

– Hamsoya shu desangiz xalqaro bozorga ishtiyoqmand yana bir tanishim bor. Ismi Po‘lat bobo. Sizdan uch-to‘rt yosh kichkina bo‘lsa kerak. Ko‘p yillar turli tashkilotlarda rahbar bo‘lgan. Halim inson. Shu kishi ham agar xalqaro savdo markaziga yo‘lingiz tushsa, meni ham olib ketsangiz,­ degan edi.

– Yaxshi taklif, – dedi qo‘shni.

Uchovlon yo‘l-yo‘lakay o‘zbek va afg‘on xalqlarining qadimdagi munosabatlari, Termizning sayyoramizdagi shuhrati, kechmishlari va buyuk allomalari haqida bilganimizcha suhbatlashib ketdik. Sho‘rolar davri va mustaqillik yillaridagi ayrim voqea-hodisalarni esladik. Ayritomga yetib kelganimizda ikki xalqning o‘tmishdagi rishtalari qayta bog‘lanayotganiga shukrona aytdik. Bizga katta yo‘lning chap tarafida Amudaryo bo‘yidagi O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasining shundoq biqinida mag‘rur qad rostlab turgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi bag‘rini ochdi.  

– Avval ham kelganmisizlar, – so‘rayman atrofga qiziqib nazar tashlayotgan yo‘ldoshlarimdan?

– Eshitib, ko‘pdan buyon kelishga ishtiyoqmand bo‘lib yurgan edim, – deydi To‘ra bobo. – Oxiri erta tongda ko‘chani aylanayotib, shu bugun kelishga ahd qildim. Hamsoyam uyda bo‘lsa, birga borarman, deb eshigingizni qoqdim. Taklifimni rad etmaganingiz uchun rahmat, qo‘shni!

– Endi gap bundoq, – deyman hamrohiga tashakkur aytgan qo‘shniga. – Sizlarni bu joy bilan tanishtirmasam bo‘lmas. Bilasizlarmi, majmua 36 gektar maydonda qurilgan. Bir boshidan aylanib, tomosha qilaman, desangiz bir kun yetmaydi. Katta joy. Bu yog‘i ha, demay kun ham tandirdek qizib qoladi. Men yo‘lda bir zamonlar Termizning xalqaro savdo-madaniy aloqalar maydoni bo‘lgani haqida gurung bergan edim. Amudaryoning hov, Payg‘ambar oroli ro‘parasidagi tarafida karvonlarning qo‘nalg‘asi bo‘lganini ham aytgandim. Markaziy Osiyoda hali muqobili yo‘q yirik bu inshootning me’mori bo‘lgan Prezidentimiz shahrimizning qadimgi o‘sha dovrug‘ini qayta tiklamoqda. Hozir bu yerni aylansangiz, afg‘on qo‘shnilarni, qozoq bovurlar, xitoylik birodarlar va boshqa millat vakillarini uchratasiz. Qadimda ham bugungidek dunyo xalqlarini savdo-sotiq, ilm-fan, osuda hayot yo‘lida birlashtirgan Termizning jahon xalqlari uchun hamisha darvozasi ochiq bo‘lgan. Bu yerda o‘sha holatning bugungi zamonaviy, rivojlangan yangi qiyofasini ko‘rasiz.

Sheriklarimni nafasini andak rostlab olishi uchun uzun yo‘lak bo‘yida salobatli bino soya tashlab turgan bo‘sh o‘rindiqlardan biriga taklif etdim. Yonimizdagi o‘rindiqlarda afg‘on tarafdan kelgan mehmonlar o‘tirib, nimalarnidir suhbatlashmoqda. Balki, ular xarid qiladigan narsalarini maslahatlashayotgandir. Ehtimol, bu yerda o‘n-o‘n besh kun qolib, savdo markazini aylanishni kelishayotgandir. Yoki muhtasham majmuadagi ilk taassurotlarini baham ko‘rmoqdami? Yo tibbiy xizmatdan foydalanish uchun zamonaviy shifoxonaga keldimikin? Bu yog‘i bizga qorong‘u. Eng muhimi ularga nazar tashlab, chehrasida hadik emas, quvonchni ko‘rdik. Qalbida o‘tmishdagi do‘stlik, yaqin hamkorlik munosabatlarimiz qayta bo‘y ko‘rsatganidan sevinch alomati, o‘zbek qo‘shnilariga ishonch va minnatdorlik tuyg‘usi borligini his etdik. 

***

Quyosh osmonu falakda sokin o‘rlab, saratonning issiq tafti atrofni qizdirmoqda. Majmua Amudaryo tarafdan kelayotgan afg‘onistonliklar, Termiz tarafdan kirayotgan o‘zbekistonliklar bilan gavjumlashib bormoqda. Hamrohlarimga qo‘limni imo qilib ko‘p qavatli ko‘rkam shifoxona va mehmonxona, restoran va oshxonani, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini, do‘konlar joylashgan binolarni ko‘rsataman. Mehmonu, mezbonlarga yaratilgan sharoitlarni, hozircha o‘zbek, afg‘on, qozoq va xitoyliklar sanoat hamda iste’mol mollarini bir-biriga taklif qilayotgan savdo markaziga Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus kabi davlatlar ham o‘z mahsulotlarini joylashtirish istagini bildirayotganini aytaman. 

Meni jimgina tinglab, hayojonda o‘tirgan To‘ra bobo bexosdan gap boshlaydi: 

– Bizning bilagimiz kuch-quvvatga to‘lganida Afg‘oniston notinch edi, – deya eslaydi qo‘shni. – O‘sha davrlarda keksalarimiz “hali shunday zamon keladiki, Afg‘oniston tinchib, Termizning Ayritom tarafida katta savdo bozori ochiladi. U yerda dunyo xalqlari qadimgidek emin-erkin savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi. O‘sha davr kelsa xalqimiz juda yaxshi yashaydi, boy-badavlat bo‘ladi”, deya suhbat qilishardi. Gaplaringizdan angladimki, Prezidentimiz ota-bobolarimiz orzu qilgan o‘sha bozorni qurib beribdilar-da? 

– Xuddi shunday, – deyman mening nima haqda gapirayotganimni hali so‘zimni tugatmay ilg‘agan qo‘shnimga mehr bilan boqib. – Qarang, yaqin o‘tmishda ajdodlarimiz bugungi osuda, obod kunlarni, qo‘shnilar bilan rishtalar uzilib ketmasligini orzu qilib yashagan. Termizga uzukning ko‘zidek yarashib turgan majmua mustaqillikning mevasi, davlatimiz rahbarining dunyo xalqlarini tinch, to‘kin hayotga, afg‘on qo‘shnilarimizni yakkalab qo‘ymaslikka da’vat etishining amaldagi samarasi ekanini farzandu, nevaralarimiz ham bilishi kerak. 

– Bobolarimizga armon bo‘lgan bu hayotni ko‘rish bizga nasib etganining shukronasini aytishimiz lozim, – suhbatga qo‘shiladi Po‘lat bobo. – Bilasiz, mamlakatimizning turli hududlarida tanish-bilishlarim ko‘p. Qo‘ng‘iroqlashib qolsak, shu bozor haqida so‘rashadi. Kirish tartiblari bilan qiziqadi. Men esa xijolat bo‘lib, hali kelmaganimni, faqatgina ikki davlat chegarasida qurilganini aytishdan nariga o‘tolmayotgan edim. Ajoyib bozor bo‘libdi. Kirish-chiqishning juda osonligi, ichkari obod, ozoda va yashillikka qoplangani ham menga ma’qul bo‘ldi. Endi xalqaro bozor to‘g‘risida so‘ragan kishining savollariga bemalol javob bera olaman.

O‘rindiqdan turib, savdo bloklari tarafga yuramiz. Sekin qadam tashlayotgan hamrohlarimga Prezidentimiz hamisha Afg‘onistondagi vaziyatga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratib kelayotganiyu, keyingi yillarda O‘zbekiston dunyo davlatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-savdo va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi formatda yuksaltirayotganini, sayyoramiz xalqlarini do‘stlik, savdo, investitsiya, osoyishta hayot, farovon turmush uchun birlashtirishga xizmat qilayotgan xalqaro savdo markazining o‘z-o‘zidan barpo etilmaganini tushuntiraman. O‘zbekiston keyingi yillarda Afg‘oniston bilan munosabatlarini tamomila yangi yondashuv asosida namoyon etayotgani va ikki tomonlama hamkorlik izchil qarashlar bilan rivojlanayotgani xalqaro doiralarda ham e’tirof etilayotgani, davlatimiz rahbari ilgari surayotgan g‘oyalar tinchlikparvarlikka, afg‘on xalqining yashash tarzini yaxshilashga, mamlakat barcha masalalarini o‘zaro muloqot asosida bartaraf etishiga qaratilgani bilan jahon hamjamiyati e’tiborini tortayotganini gapirib beraman. Endilikda biz tomosha qilayotgan xalqaro savdo markazi afg‘on xalqining faqat O‘zbekiston bilan emas balki, boshqa davlatlar bilan ham iqtisodiy-ijtimoiy, gumanitar, savdo-sarmoyaviy sohalarda o‘zaro aloqalarini izchil yo‘lga qo‘yishi uchun qulay muhit yaratganini aytaman. 

Hamrohlarimga Qozog‘iston, Xitoy davlatlarining savdo pavilonlarini, o‘zbek va afg‘on ishbilarmonlari yuritayotgan do‘konlarni ko‘rsatdim. “Majmuani shoshmasdan aylansangiz, istagan narsangizni topasiz”, deya luqma ham tashlab qo‘ydim. To‘ra bobo afg‘on do‘kondorlari bilan suhbatlashib, ro‘zg‘orbop buyumlarga xaridor bo‘ldi. Za’faronning ko‘ngilni qitiqlovchi hidini tuyib, sotuvchilardan uning ta’rifu tavsifni eshitdi. Kelgusi safar kelganida olishga va’da berdi. Po‘lat bobo qo‘shnim tavsiya qilgan ko‘k choydan, nevaralariga afg‘on tarafdan keltirilgan shirinliklardan xarid qildi. Qiziqsinib, afg‘on sotuvchisidan choyning tarkibini so‘radim. Kardamon qo‘shilgan ko‘k choy, dedi do‘kondor. Ikkovlon afg‘on sotuvchilaridan sotib olgan mahsulotlari ta’rifini eshitib, chiroyi yanada ochildi. Afg‘onistonlik ishbilarmon ham ertalabdan savdosi yurishganidan beixtiyor suyundi, yuzida mayin tabassum qalqdi... 

Markaz har kuni faqat o‘zbek xalqiga yoki afg‘on tadbirkorlariga emas balki, sayyoramizning shimol va janubidan, sharqu g‘arbidan kelib, havas bilan tanishayotgan mehmonlarga ham o‘zgacha quvonch bag‘ishlaydi. Sokin Amudaryo biqinida qad rostlagan salobatli bu go‘sha dunyo xalqlari va ishbilarmonlarini farovon kelajak qurishga undayotgan do‘stlik koshonasiga aylanayotgani bilan barchaga birdek xush kayfiyat ulashadi.  

***

O‘tgan yil istiqlolning 33 yillik to‘yi arafasida foydalanishga topshirilgan xalqaro markaz Afg‘oniston, Pokiston va boshqa mamlakatlar tadbirkorlariga sanoat, iste’mol tovarlari savdosi hamda eksportini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi. Majmuaning yillik savdo hajmi 1 milliard 200 million dollarni tashkil etishi hisob-kitob qilingan. 

Erkin savdo zonasida yaratilgan imtiyozlar doirasida Afg‘onistondan kelgan barcha chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasisiz 15 kun markazda bo‘lish va chiqish imkoniyati berilgan. O‘zbekiston so‘mi bilan birga AQSH dollari, Yevro, Rossiya rubli va yuan qabul qilish tizimi joriy etilgan. Bu yerda barcha tovarlar bojxona to‘lovlarisiz joylashtirilib, chiqariladi. Hududda banklar, notariuslar va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari mavjud. 

Yirik majmuada “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, “Akfa Medline Ayritom” ko‘p qavatli zamonaviy tibbiyot muassasasi, “Central Asia University” biznes maktabi, restoran, xostel, maydoni 50 ming kvadrat-metr bo‘lgan mingta savdo do‘koni barpo etilgan. 

Davlatimiz rahbari Termizning qadimgi xalqaro muloqot maydoni maqomini qayta tiklashda bu joy Karachi-Termiz-Toshkent-Qozog‘iston-Rossiya transport koridorining muhim bog‘lovchi qismi bo‘lishini, Hind okeani portlariga chiqish imkoniyatini yaratishini alohida e’tiborga olgan. Shu bois bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash inshootlari qurilgan. Yuklarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tezkor rasmiylashtirish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega logistika markazi, bir yilda 100 ming yuk mashinasini qabul qilish quvvatiga ega avtoturargoh qurilgan. 

“Akfa Medline Ayritom” zamonaviy klinikasida afg‘on tarafdan kelgan mehmonlar ham, o‘zbekistonlik mezbonlar ham eng malakali shifokorlarning tibbiy ko‘rigidan o‘tishi, turli kasalliklarga davolanishi mumkin. “Central Asia University” biznes maktabida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida yiliga 500 dan ortiq afg‘on tadbirkori savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha malaka oshirish imkoniyati bor. Barcha tinglovchilar zarur sharoitlarga ega yotoqxona bilan ta’minlanadi. 

Majmuada “Termez Gold Production” mas’uliyati cheklangan jamiyati zargarlik buyumlari ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirgan. Hozir uch yuzdan ortiq zargar ishlaydi. Yiliga o‘rtacha to‘rt tonna nafis buyum ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona yaqinda qiymati 3,3 million dollarga teng zargarlik buyumlarini Birlashgan Arab Amirliklariga eksport qildi. Xalqaro markaz hududida “Imzo” eshik – romlari va “CITY-ELECTRIC GROUP” yorug‘lik texnikasi uskunalari ishlab chiqarish korxonasini qurish ham ko‘zda tutilgan. Bu korxonalarda nafaqat, mahalliy balki, afg‘onistonlik ishchilar ham mehnat qilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning to‘rt oyida markazda 15,5 million dollardan ortiq mahsulot eksporti va 10,6 million dollarga yaqin hajmdagi mahsulot importi amalga oshirilgan. Joriy yilning olti oyida eksport hajmi 36,5 million dollarni, import 9,3 million dollarni tashkil etdi.

Mustaqillik O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida mamlakatimizga in’om etgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi bugun dunyo xalqlari o‘z mahsulotlarini joylashtiradigan, sotadigan bozor sifatida ham, turli mamlakatlar tadbirkorlari, siyosatchi va ekspertlari ochiq fikr almashadigan, ko‘rgazma va savdo yarmarkalari tashkil etadigan xalqaro muloqot maydoni sifatida ham tanilmoqda. Jumladan, savdo markazi ish boshlagan o‘tgan yil o‘zbek-afg‘on тaдbirкорлaрининг uchrashuvlari, ko‘rgazma va savdo yarmarkalari tashkil etilgan bo‘lsa, joriy yilda “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqoti birinchi yig‘ilishi ham shu yerda o‘tkazildi. Unda mahalliy hamda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 200 ga yaqin siyosiy-iqtisodiy va biznes doiralar vakillari, moliya institutlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar a’zolari, shuningdek, dunyoning turli tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining nufuzli ekspertlari ishtirok etdi... 

***

To‘ra va Po‘lat bobo bilan adog‘sizdek tuyuladigan savdo bloklarining bir qismini aylanib, tashqariga chiqamiz. Saratonning oftobi yerni shunday qizdirmoqdaki, qumga tuxum ko‘mib qo‘ysangiz bir zumda pishadi. Qarang-a, ichkariga zamonaviy sovitkichlar o‘rnatilgani uchun kunning isib ketganini ham sezmay qolibmiz. Shu tobda yo‘ldoshlarimga zimdan nazar tashlayman. To‘ra bobo ro‘zg‘orbop buyumlar, Po‘lat boboning kardamonli ko‘k choy sotib olganiyu, afg‘on birodarlar bilan yoyilib suhbat qurganidan, afg‘on chepkanlariyu, bejirim matodan qo‘lda tikilgan to‘nini egniga tashlab ko‘rganidan dimog‘i chog‘ edi...

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashabbusi bilan Termiz xalqaro muloqot maydoniga aylanmoqda