Yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li jonivorlar olamining biologik xilma-xilligi tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan qushlardan biridir.
Ayni paytda ularni asrash, ko‘paytirish borasida Navoiy viloyatida ham bir qator ibratli ishlar amalga oshirilib, hamkorlik doirasining geografiyasi kengayib bormoqda.
Yaqinda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda “Falcon Hunting Solutions” MCHJ hamkorligida Nurota, Navbahor va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga 1100 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi.
[gallery-24516]
– Ushbu jarayon davlat inspektorlari nazorati ostida veterinariya xulosalariga asosan ko‘rib chiqilib, qushlar tabiatga qo‘yib yuborildi, - deydi Bioxilma-xillikni asrash va kadastrni yuritish sho‘’ba boshlig‘i Furqat Qodirov. – Qushlarni tabiatga qo‘yib yuborishdan maqsad esa O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan qushlarning populyatsiyasi, ya’ni ko‘paytirish, hamkorlikda ish olib borish nazarda tutilgan. Buning uchun mazkur qushlar turini ko‘paytirish va tabiiy muhitga qayta joylashtirish maqsadida maxsus markaz tashkil etilgan bo‘lib, u ilmiy muassasalar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Qushlar yovvoyi tabiatda yashashi va ko‘payishi, o‘zlarining ozuqalarini topish, yirtqich hayvonlarni tanib olish va ulardan o‘zlarini yashirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ZBi7utqGB8E?si=_4clFjloSSh1U_Db" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat+video ), O‘zA muxbirlari