Bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat mavjud bo‘lsa, millatlar va elatlar soni bir necha yuzni tashkil qiladi. Ammo sanoqli millatlargina o‘z milliy sportini jahon maydoniga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Quvonarlisi, ular qatorida o‘zbek millati ham bor. 1998 yil 6 sentyabr sanasida o‘zbekning ori va g‘ururi bo‘lgan Kurash sport turi jahonga yuz tutgan bo‘lsa, 2025 yil 15 iyulda yana bir o‘zbek milliy sport turi Turon bo‘yicha xalqaro federatsiya rasman ro‘yxatdan o‘tdi.

Nyu-York shtati departamenti ITF (International Turon Federation), ya’ni Xalqaro Turon federatsiyasini dunyoning eng yirik aglomeratsiyalaridan birida ro‘yxatga oldi. Bu esa 2025 yil15 iyuldan Xalqaro Turon federatsiyasi rasman tashkil topganini bildiradi.

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: nega Xalqaro Turon federatsiyasiga aynan Nyu York shahrida asos solindi?

“Nyu-York bugungi kunda dunyoning eng yirik siyosiy, moliyaviy va madaniy markazlaridan biri. AQSHda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), NATO, Butunjahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi o‘nlab insoniyat taqdirida muhim o‘rin tutadigan tashkilotlar joylashgan. Qolaversa, bu yerga borish barcha insonlarning orzusi. Shularni inobatga olgan holda Xalqaro Turon federatsiyasi bosh qarorgohini Nyu-York shahrida ochishga qaror qilindi”, – dedi Xalqaro Turon federatsiyasining Jamoatchilik bilan aloqalar va media bo‘yicha Vitse-prezidenti Otabek Eshmamatov.

Shuningdek, O.Eshmamatov endi ish boshlagan mazkur Xalqaro federatsiyaning galdagi amalga oshirishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarini ham sanab o‘tdi. Uning ma’lum qilishicha, Turon sporti qoidalarini xalqaro talablarga mos ravishda qayta ko‘rib chiqish va zarur bo‘lsa ba’zi o‘zgarishlar kiritish, federatsiya boshqaruv organini shakllantirish, ITFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini yaratish va targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, qolaversa qisqa muddatlarda Turon sportining vatani bo‘lmish O‘zbekistonda tarixiy birinchi Jahon kubogi musobaqasini o‘tkazish Federatsiya rahbariyati oldida turgan navbatdagi vazifalar ekan.

“Buyog‘iga yeng shimarib ishga kirishamiz. Maqsadimiz esa oliy - o‘zbekning milliy sporti orqali uni jahonga yanada tanitishdan iborat. Bu yo‘ldabiz bilan yelkadosh bo‘lishni istaganlar uchun hamisha quchog‘imiz ochiq”, – dedi O.Eshmamatov.

Sh.Otaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro Turon federatsiyasi AQSHda rasman ro‘yxatdan o‘tdi