Poytaxtimizda futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi terma jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakunlandi.

Ushbu musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida O‘zbekiston va Yaponiya olimpiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvni Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov yordam berdi. Afsuski, final bahsida futbolchilarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.   

[gallery-24509]

Shu tariqa, Yaponiya U23 terma jamoasi Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir g‘olibiga aylandi. Shuningdek, quyidagi futbolchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deya e’tirof etildi:  

Eng yaxshi to‘purar — Alen Inouye (Yaponiya)  

Eng yaxshi darvozabon — Masataka Kobayashi (Yaponiya)  

Eng yaxshi futbolchi — Uche Nvadike (Yaponiya)  

Eng yaxshi yosh futbolchi — Oybek O‘rmonjonov (O‘zbekiston), Shion Shinkava (Yaponiya)  

Javohir Toshxo‘jayev,

Alimurod Mamadaminov(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyalik futbolchilar “Mirabror Usmanov Cup – 2025” g‘olibi bo‘ldi