Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida yakunlangan navbatdagi Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tgan  chempionatda 5 davlatdan 425 nafar iqtidorli yosh shaxmatchilar ishtirok etdi. Bahslarda terma jamoamiz a’zolari 9 ta turdan iborat o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medalga egalik qildi.

Mehribonu Nazirqulova, Abduqodir Bahodirov, Alisher Abduqayumov, Temur Shavkatov, Jahongir Dilmurodov, Fazliddin Farhodov singari shaxmatchilarimiz o‘z yosh toifalarida g‘olib va sovrindorlikka erishdi.

Umumjamoa hisobida hamyurtlarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan g‘oliblikni tantana qilgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston vakillari joy egalladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh shaxmatchilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi