Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Mevazor mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlaridan aholi juda mamnun. Asfaltlangan va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan keng va ravon ko‘chalar ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Eski sport zali yangilanib, yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Piyodalar uchun qulay yo‘lakchalar barpo etildi.

– Mahalladagi barcha ob’ektlar zamonaviy talablarga mos qurildi, – deydi “Mevazor” MFY raisi Sanjar Abduahatov. – Ushbu yangilanishlar nafaqat turmush tarzini yaxshiladi, balki mahalla aholisi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Yangi tashkil etilgan sexlar, hunarmandchilik markazlari va xizmatlar uyi orqali 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.  

Mevazorliklar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Har bir xonadon o‘zining chorvasiga ega. Sut va go‘sht mahsulotlari mahallada boshqa sohalar qatorida aholining daromad manbaiga aylangan. Sut yig‘ish shoxobchasining tashkil etilishi aholiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. Endi sutni arzon sotish emas, sifatli saqlab, qimmatroq sotish imkoni paydo bo‘ldi. Mahallada uzumchilik yo‘nalishi ham sinov tariqasida jonlantirildi. Ko‘chalar bo‘ylab vodiy tajribasi asosida tok ko‘chatlari ekildi.  

[gallery-24511]

Mahallada ta’lim sohasida ham katta yutuqlar bor. 45-sonli umumta’lim maktabi, musiqa maktabi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mahalla hayotining ruhi va diliga aylandi. Yangidan barpo etilgan mahalla guzari esa odamlarning dam olish maskaniga aylandi.

– Mevazor maftunkor tabiati bilan shaharcha qiyofasini olib, aholi uchun qulay va osoyishta hayotni ta’minlamoqda, – deydi Dilorom Eshmurodova. – Bu yerda qishloq va shaharning imkoniyatlari uyg‘unlashganini ko‘rish mumkin.  

Mahalla markazida yangi qurilgan binoda esa turli kasb-hunarga o‘rgatish, IT va xorijiy tillar markazlari, stomatologiya xizmatlari, fitnes klub va milliy taomlar tayyorlash markazlari faoliyat yuritmoqda.  

Tadbirkorlik sohasi ham Mevazorning tarkibiy qismiga aylandi. Tikuvchilik, savdo, xizmat ko‘rsatish, fermerlik va boshqa sohalardagi sub’ektlar mahalla rivojiga xizmat qilmoqda.

Haqiqatan ham Mevazor mahallasi zamonaviylik va mehnatkashlik singdirilgan makonga aylandi. Ushbu mahalla nafaqat yashash joyi, balki umidlar uyg‘onishi, istiqbolga qarab ilg‘or qadamlar tashlash makonidir.  

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharchaga aylangan mahalla