Malayziyada taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Kuching shahri mezbonlik qilgan chempionatning o‘smir taekvondochilar o‘rtasidagi so‘nggi bellashuvlarda Biloliddin Sharofiddinov (61 kg) oltin, Malika Ro‘ziyeva (29 kg) va Soliha Tohirova (51 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 4 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bahslar yakuniga ko‘ra, ushbu yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar jamoamiz 2 ta oltin hamda 1 ta bronza jamg‘argan holda musobaqaning eng yaxshi uchinchi jamoasi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida yoshlar toifasidagi O‘zbekiston termasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medaliga ega chiqqandi. Shuningdek, Omadbek Otabekov 59 kg. vazn toifasida oltin medalga ega chiqib, yigitlar o‘rtasida musobaqaning eng yaxshi taekvondochisi, deya e’tirof etildi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biloliddin Sharofiddinov taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi