Yaqinda e’lon qilingan yirik xalqaro tadqiqotga ko‘ra, 13 yoshdan oldin smartfonga ega bo‘lgan bolalar ulg‘aygach, xavotir, yolg‘izlik hissi va hatto o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylash ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Bu xulosa 163 mamlakatdan 100 mingdan ortiq ishtirokchining ma’lumotlari asosida chiqarilgan. 18–24 yoshdagi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tahlillarda ularning ilk smartfon egallash vaqti bilan hozirgi ruhiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Natijalar Journal of Human Development and Capabilities jurnalida chop etildi.  

Asosiy kuzatuvlar quyidagicha:

13 yoshda smartfon olganlarda ruhiy salomatlik ko‘rsatkichi (MHQ) 30 ball bo‘lgan;

5–6 yoshda olganlarda esa bu ko‘rsatkich deyarli nolga teng bo‘lgan;

Ayniqsa, qizlar orasida salbiy oqibatlar kuchliroq: 5–6 yoshda smartfonga ega bo‘lgan qizlarning 48 foizi hayotida o‘z joniga qasd qilish fikrlarini boshdan kechirgan.Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 13 yoshda smartfon olganlarda 28 foiz bo‘lgan.

Mutaxassislar aytishicha, asosiy muammo – ijtimoiy tarmoqlar, kiberbulling, uyqusizlik, noto‘g‘ri algoritmlar va oilaviy muloqotning susayishi bilan bog‘liq. Tadqiqotga ko‘ra, bunday omillar yoshlar orasidagi ruhiy muammolarning 40 foiziga sabab bo‘lmoqda.Tadqiqot yakunida ogohlantiriladiki, agar bu muammo jiddiy nazorat ostiga olinmasa, bolalarning ruhiy salomatligi tobora yomonlashadi. Ota-onalarning o‘zi bu xavfni to‘liq bartaraf eta olmaydi — davlat siyosati va texnologik mas’uliyat muhim o‘rin tutadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/d4MtR9ain7E?si=mEQdYtA3gI6qKabX" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Smartfon ishlatgan bolalarda ruhiy muammolar aniqlanmoqda