Bugun, 28 iyul kuni mamlakatimizda voleybol bo‘yicha U-19 erkaklar milliy terma jamoalari o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkentdagi “Yunusobod“ sport saroyi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida tashkil etilayotgan o‘yinlarda to‘rtta guruhda 16 ta o‘yin o‘tkaziladi.

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi “A” guruhida navbatdagi bahsini Argentina jamoasiga qarshi o‘tkazsa, Belgiya Turkiya bilan, Pokiston jamoasi Puerto-Riko vakillari bilan ro‘baro‘ keladi.

“B” guruhida 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Bolgariya Kanada jamoasi qarshiligini yengishga harakat qiladi. Shuningdek, bu guruhda Fransiya – Yaponiya va Xitoy – Jazoir jamoalari o‘yinlariga guvoh bo‘lamiz.

“S” guruhi karvonboshisi Ispaniya 3-tur doirasida Misrni 3:0 hisobida mag‘lub etgan Italiya bilan kuch sinashadi. Ushbu guruhdagi Eron – Misr, Tunis – Polsha “duel”lari ham guruhning asosiy bahslari sifatida ko‘pning kuzatuvida bo‘lishi shubhasiz.

“D” guruhida to‘rtinchi kungi o‘yinlar eng kulminatsion nuqtaga kelganini anglatmoqda. Boisi, o‘tgan 3 ta o‘yinda raqiblarini mag‘lub etib kelgan Janubiy Koreya va Finlyandiya aynan bugun to‘qnash kelayotgani e’tiborli. Ushbu jamoalar ushbu turda kuch sinashishi guruhda yetakchilik aynan qaysi jamoaga tegishli ekanini belgilab berishi bilan ahamiyatli.

Bevosita chempionatda qatnashayotgan voleybolchilar xususida so‘z yuritsak, Ispaniya jamoasining muvaffaqiyatiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan Sezar Irache ortda qolgan uch kunlik musobaqalar sarhisobiga ko‘ra jahon chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi. 85 ochko jamg‘argan 17 yoshli voleybolchi birinchi kundayoq 39 ochko jamg‘ardi va shundan beri uchta o‘yinda 77 ta hujum ochkosi, uchta blok va beshta xizmat o‘yinini qayd etdi.

Shuningdek, iste’dodli yosh voleybolchilar Bang Kan Xo va Li Jun Xo (Janubiy Koreya), Muhammad Saud va Muhammad Yahyo (Pokiston), Demir Uzunja(Turkiya), Gilem Xubert va Yannes Strobbe(Belgiya), Samuyel Guidi Korrea (Argentina), Shahboz Mamayusupov va Elmurod Mamadaliyev (O‘zbekiston) singari yoshlar o‘z iste’dodini namoyish etish ortidan voleybol klublari nazariga tushmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining guruh bosqich musobaqalari 29 iyulga qadar davom etadi. Chempionatning pley-off o‘yinlari 30 iyul - 3 avgust, yarim final va final bahslari 3 avgust kuni tashkil etiladi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: Jahon chempionatidagi bugungi raqibimiz Argentina