Malayziyada taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 20 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ilk kunida Nikita Bibikov (-65 kg) va Rayhona Asanboyeva (-41kg) barcha raqiblarini yengib, terma jamoamiz hisobiga ikkita oltin medalni keltirdi. Shuningdek, Amir Saliyeva va Shahzoda Kamolova o‘z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Malayziya mezbonligida o‘tayotgan qit’a birinchiligining yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA