Poytaxtimizda joylashgan “Universal” sport saroyida fransuz boksi "Savat" bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati va kubogi musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
20 ga yaqin davlatdan 200 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 4 ta kumush medalga egalik qilgan holda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. 1-o‘rin Fransiya, 3-o‘rin Xorvatiya terma jamoasiga tegishli bo‘ldi.

O‘z iqtidori, mahorat va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlarini namoyon qilgan sportchilarimiz jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Rossiya, 3-o‘rin Turkiya jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindor sportchilarga medal va diplomlar tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston sport tarixida yangi sahifa ochib, mamlakatimiz nufuzini xalqaro maydonda yanada oshirdi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA