Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 million 550 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Esports World Cup Chess” turnirining saralash bahslari ortda qoldi.

Aytish lozimki, jamoalar o‘rtasida kibersport bo‘yicha joriy yilning 31 iyul-3 avgust kunlari o‘tadigan “Esports World Cup Chess” turnirining asosiy ishtirokchilari ma’lum bo‘lib, yana to‘rt nafar qatnashchi ikki bosqichdan iborat saralash o‘yinlari orqali aniqlanishi lozim edi.

Mazkur saralash o‘yinlari 4 ta alohida guruhda 9 ta turdan iborat shveysarcha tizimda tashkil etilib, mazkur saralash bosqichida mahoratli shaxmatchilarimiz Javohir Sindorov va Nodirbek Yoqubboyev o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

Nodirbek Yoqubboyev o‘z guruhida 5 ochko bilan 5-o‘rinni egallab, hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa, Javohir kuchli grossmeysterlar jam bo‘lgan “S” guruhida 5,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 3-o‘rinni egalladi va pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

J.Sindorov reytingda o‘zidan yuqorida borayotgan serbiyalik Aleksey Saranani, blits bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Aleksey Grishukni 1,5:0,5 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. Asosiy turnirga yo‘llanma beruvchi hal qiluvchi uchrashuvda hamyurtimiz amerikalik Hans Niyemanndan shov-shuvli tarzda ustunlikka erishdi. 0,5:1,5 hisobida ortda qolayotgan Sindorov avvaliga durangga erishdi, keyin reytingda o‘zidan yuqorida joylashgan raqibini yengdi. Hal qiluvchi partiyada J.Sindorov qora donalarda g‘alabaga teng durang natijani qayd etdi.

Shu tariqa, Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov qatorida Ar-Riyodda boshlanadigan “Esports World Cup Chess” turnirida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan 1.5 million AQSH dollaridan iborat mukofot jamg‘armasiga ega super turnirda bahs olib borish imkoniga ega bo‘ldi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Javohir Sindorov Ar-Riyod turnirida qatnashadi