Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qarorda belgilangan kurash milliy sport turi trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida aprel oyidan o‘zbekistonlik kurash murabbiylari va hakamlari uchun uch oylik intensiv ingliz tili kursi yo‘lga qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash instituti hamkorligida o‘tkazilgan mazkur kursda mamlakatimizning turli hududlaridan 20 nafarga yaqin mutaxassis ishtirok etdi.

O‘quv dasturi kurash sohasiga oid ingliz tilida erkin so‘zlashuv, mashg‘ulot va musobaqalar tashkil etish va ularda ishlatiladigan atamalarni puxta egallash, kurash usullarini ingliz tilida tushuntirish darajasidagi bilimlarni o‘z ichiga oldi.

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Sag‘bon” kurash markazida kursning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda mutaxassislar tinglovchilarga kurashda hakamlik qoidalari bo‘yicha mahorat darsida saboq berdi.

Amaliy va nazariy mashqlardan so‘ng ishtirokchilar imtihonlarga jalb etildi. Eng iqtidorli va talabchan mutaxassislarga xalqaro sertifikatlar berildi.

Taqdirlash marosimida Xalqaro kurash instituti o‘quv bo‘limi rahbari Kim Eurjung, O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov, O‘KF Toshkent shahar bo‘linmasi ijrochi direktori Abdusaid Abdurazzoqov va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Milliy sport turimiz kurashning rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va xorijiy mamlakatlarda yanada keng targ‘ib qilishda har tomonlama salohiyatli mutaxassislarning zarur bilimlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malakali kurash mutaxassislariga sertifikatlar taqdim etildi