Gruziyadagi Krsanisiharbiy bazasida NATOning “Agile Spirit 2025” ko‘pmillatli mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.

Ta’kidlanishicha, asosiy mashg‘ulotlar mintaqadagi ikki davlat – Gruziya va Turkiyada o‘tkazilmoqda. Ularda AQSH, Turkiya, Polsha, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Gruziya, Moldova, Ruminiya, Bolgariya, Slovakiya, Litva va Ukraina harbiylari ishtirok etmoqda. Armaniston va Yaponiya qurolli kuchlari vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda

Mashg‘ulotlarning asosiy tarkibiy qismlari qo‘mondonlik-shtab bo‘linmasi, Senaki-Vaziani yo‘li uchastkasida Gruziya-Amerika taktik guruhi, qo‘shma o‘q otish mashqlari, maxsus amaliyotlar kuchlarining birgalikdagi harakatlari va Gruziya mudofaa kuchlari Jangovar tayyorgarlik markazining tekshiruvi bo‘ladi. 

Gruziya Mudofaa vazirligi keltirgan ma’lumotga ko‘ra, mashqlar 6 avgustga qadar davom etadi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziyada NATO mashg‘ulotlari boshlandi