Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida “Phygital Contenders: Abu Dhabi – Football” turnirida “Navoiy” jamoasi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgani haqida xabar berib o‘tgan edik.
Ushbu turnirning “E” guruhidan joy olgan klubimiz AQSHning “Interstellars, Team Joga” jamoasini 11:9 hisobida yengdi. Endi “Navoiy” jamoasi guruhdagi ikkinchi o‘yinini Keniyaning “IndexG” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Darvoqe, mazkur musabaqada jamoalar avval raqamli futbol simulyatori, so‘ngra mini-futbol maydonida bellashadi. G‘olib umumiy natija bo‘yicha aniqlanadi. Quvonarlisi, “Navoiy” jamoasi ilk bahsda har ikkala bosqichda raqiblaridan ustun keldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA