Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslarida tahsil olgan 350 nafarga yaqin tinglovchilarning bitiruv tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik va institut rahbariyati, kafedra, sikl, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangicha tizimini yaratilganligi, ichki ishlar organlarini el-yurtimizning ishonchi va mehrini qozongan, tom ma’noda xalqparvar tizimga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Ichki ishlar organlari salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga O‘quv-dala markazidagi o‘quv jarayonlarida alohida e’tibor qaratilganligini e’tirof etildi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida fuqarolarga qonun doirasida xizmat ko‘rsatish, turli qaltis vaziyatlarda ruxiy barqaror bo‘lish, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni qo‘llash, o‘q otar qurollardan mohirona foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirildi. Institutda olgan bilim va ko‘nikmalarni kelgusida ona Vatan ravnaqi, xalq tinchligi, fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilishga safarbar etilishi to‘g‘risida tinglovchilarga tilaklar bildirildi.
Tantanali tadbirda o‘quv dasturlar talablarini to‘liq o‘zlashtirigan yakuniy sinov-imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, o‘quv kursi davomida o‘zining kasbiy, bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani va namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QqHNLqx17eE" title="Navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA