Qonun loyihasiga sharh

Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Ayni paytda qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.  

Unda ko‘zda tutilayotgan normalar haqida Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova batafsil ma’lumot berdi:

— Bugungi kunda davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash yagona qonunchilik hujjati bilan tartibga solinmagan. Xususan, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 10 dan ortiq qonunlar va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi.  

Zararlarni byudjet va boshqa manbalar hisobidan qoplashning yagona amaliyoti mavjud emas. Amalda Toshkent shahrida zararlar fuqaro (yuridik shaxs)larga Kompensatsiya jamg‘armalari hisobidan, boshqa hududlarda esa mahalliy byudjet mablag‘laridan undirib berilgan. Shuningdek, yetkazilgan zararlar uchun kompensatsiya undirish, shu jumladan zararni qoplashning regress tartibi qonun hujjatlari bilan aniq ochib berilmagan.

Shu maqsadda qonun loyihasi bilan yetkazilgan zararning o‘rnini kompensatsiya qilish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan mablag‘larni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olish, hududiy kompensatsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.  

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlarimiz tomonidan ishchi guruhimizga ko‘plab taklif va e’tirozlar kelib tushdi. Respublika tashkiloti yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yetkazilgan zararni qoplashning aniq mexanizmlarini belgilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ta’kidlash joizki, ko‘zda tutilayotgan normalar natijasida inson huquqlari ta’minlanadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar o‘rni qoplanadi. Aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Muhtarama Komilova yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi