Germaniyaning bir qator shaharlarida davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Musobaqaning akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar yakkalik bahslarida hamyurtimiz Malika Tagmatova saralash va chorak final bellashuvlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun, 26 iyul kuni final yo‘llanmasi uchun kurashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, bugungi musobaqalarda sport gimnastikasining otda mashq bajarish yo‘nalishida Ravshan Komiljonov medallar uchun kurash olib borsa, dzyudochilarimiz jamoaviy bellashuvlarda, yengil atletikachilarimiz esa bir qator yo‘nalishlarda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sport delegatsiyasining medallar soni 3 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronzani tashkil etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA