Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi Xitoyning Xenan provinsiyasi JengJou shahrida o‘tkazilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Media va Tahlil sammiti doirasidagi Madaniy merosni muhofaza qilish va qazuv tadqiqot o‘tkazish simpoziumida ishtirok etmoqda.

Unda Xenan provinsiyasi arxeologiya instituti, Xitoydagi Shimoliy-g‘arbiy universitet bilan arxeologik tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish muhokama qilindi. Shuningdek, Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontologiya va paleoantropologiya instituti bilan birgalikda ilmiy-o‘quv laboratoriyasi tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Sammit ishida O‘zbekiston – Xitoy hamkorlikdagi arxeologiya kafedrasining professori, farg‘onalik olim Mutalibjon Hasanov ma’ruza qildi.

– Muzokaralar chog‘ida Loyang arxeologik tadqiqot instituti bilan Farg‘ona Davlat universiteti talabalari amaliyotini samarali o‘tkazish maqsadida almashuvlar tashkil etish yuzasidan bir qarorga keldik, – deydi Farg‘ona Davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodir Shermuhammadov.

Muhammadjon Obidov,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona davlat universiteti talabalari Xitoyda amaliyot o‘taydi