1. Davlat OTMdan boshqa davlat OTMga ko‘chirish faqat quyidagi holatlarda ruxsat etiladi:
- Talaba turmush o‘rtog‘i yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chishi; Davlat xizmatchisi ish sababli boshqa hududga ko‘chsa va oila a’zolari o‘qishini shu yerga ko‘chirishni istasa (ishga kirgan vazirlik xati bilan).
Boshqa holatlarda davlat OTMlar o‘rtasida ko‘chirish mumkin emas.
2. Xorijdan O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirish
Mos yoki turdosh yo‘nalishda test yoki ijodiy imtihon topshirib o‘tish balli talab etiladi; O‘tish ballari 2023 yilga muvofiq;
- Agar ball yetmasa, super-kontrakt asosida ko‘chirish mumkin; Mos bo‘lmagan yo‘nalishga ko‘chirishga ruxsat yo‘q.
3. O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish
- Test yoki ijodiy imtihon bilan, o‘tish ballari 2023 yilga muvofiq;
Super-kontrakt asosida ruxsat beriladi; Mos bo‘lmagan yo‘nalishlarga ham super-kontrakt bilan ko‘chirish mumkin.
4. Davlat OTMdan nodavlat OTMga, nodavlat OTMdan nodavlat OTMga va xorijdan nodavlat OTMga ko‘chirish tartibi davlat nazoratidan tashqarida bo‘lib, har bir OTM o‘z qoidalariga ko‘ra hal qiladi.
5. Bir davlat OTM ichida yo‘nalish yoki fakultetni o‘zgartirish
- Faqat rektor qarori bilan;
Ariza rektor nomiga yoziladi; Onlayn tizimlar orqali emas.
6. Bir OTM ichida ta’lim shakli yoki tilini o‘zgartirish
- OTM ma’muriyati qarori asosida;
Imkoniyatlar va talablar inobatga olinadi.
Arizalar qabul qilish:
15 iyuldan 5 avgustgacha Transfer.edu.uz (https://transfer.edu.uz/) — OTMlararo ko‘chirish uchun.
My.uzbmb.uz — Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish uchun Rektor nomiga yozma ariza — Ichki o‘zgartirishlar uchun
Kerakli hujjatlar:
Ariza (onlayn yoki yozma);
Transkript yoki reyting;
Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pXC1NqT5_8s?si=MgXXwPIveVUNYwU5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA