Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yoshlarni eshitamiz” mavzuida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining joriy yil 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida shu yilning iyul-dekabr oylarida sohalar kesimida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarning amaliy muammo va takliflarini eshitish, ularga yechim topish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
Muloqotga qatnashish ochiq tarzda e’lon qilingan bo‘lib, telegram sahifasida tashkil etilgan bot orqali yoshlarning taklif va tashabbuslari yig‘ib olindi. Ushbu taklif va murojaatlar uchrashuv vaqtida turli vazirlik, idora va tashkilotlarning mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Onlayn yuborilgan savollar moderatorlar tomonidan o‘qib eshittirildi.
Qayd etilganidek, ko‘tarilgan muammolar vazirliklarga yo‘naltiriladi va ijrosi nazorat qilinadi. Bildirilgan takliflar asosida davlatimiz rahbariga axborot kiritiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5kadqJpQIXQ?si=_0ouEnJjnVvoaYtS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Nishonboy Abduvoitov(video),
O‘zA