Butun dunyoda 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanadi. O‘zbekistonda ushbu sanaga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki yurtimizda turli millat vakillari bir oiladek yashab kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi  Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Do‘stlik” festivali doirasida turli madaniy, ma’rifiy va ilmiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Festival “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi  Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faollari, OAV xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib,monument poyiga gullar qo‘ydi.

Shuningdek, festival doirasida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Qo‘mita raisi Qahramon Sariyev do‘stlik bayrami barcha yurtdoshlarimizni birlashtiruvchi muhim tadbir ekanini ta’kidladi. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Matbuot anjumanida 25-31 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan  konsertlar, ko‘rgazmalar va xalqaro uchrashuvlar haqida ma’lumot berildi. Jurnalistlar savollariga javob qaytarilib, millatlararo bag‘rikenglik muhitini asrash muhim ekani ta’kidlandi.

Festival doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yurtimizdagi xalqlar do‘stligi, tinchlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Chunki do‘stlik – barqaror kelajak garovi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/r1coPKiQTfw?si=MUPDL_kNniRUilj3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova,  

Abror Sodiqov (video),  

Ulug‘bek To‘xtayev (montaj)

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlik, birdamlik va bag‘rikenglik bayrami (+video)