Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan Ko‘hitang tog‘ tizmasining janubi-sharqiy yonbag‘ridagi “Xo‘jayikon” tuz g‘ori o‘zining tabiiy go‘zalligi, noyob iqlimi va davolash xususiyatlari bilan diqqatga sazovor manzillardan biri sanaladi.

Soha vakillarining so‘zlariga ko‘ra, g‘or ichidagi havo yod, natriy xlorid va toza tuz ioni bilan to‘yingan. G‘or devorlari o‘ziga xos tarzda bir santimetrdan uch santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan, o‘tish joyida tuz eritmali shifobaxsh buloq mavjud. Astma, bronxit, allergiya va boshqa nafas yo‘li kasalliklarini yengillashtirishda yordam beradi.

Bu yerda nafaqat tabiat qo‘ynida dam olish, balki dardlardan forig‘ bo‘lish mumkin. 

Qayd etish lozimki, mazkur hududda sayyohlar uchun hali yetarlicha imkoniyatlar ishga solinmagan, ammo ekoturizm va ekstremal sayohatlar uchun katta imkoniyat bor. Tuz g‘ori atrofida tog‘lar, daralar, tarixiy qo‘rg‘onlar joylashgan. Tuz g‘orining uzunligi 200 metr bo‘lib, havo harorati 14 gradusdan 25 gradusgacha bo‘ladi. 

G‘orga tashrif buyuruvchilarga gid yordamidan foydalanish, havo namligi yuqori, yemirilgan tuzlarning siqilishi ehtimoli borligi sababli ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. Yo‘llardagi noqulayliklar bois, maxsus transportda borish lozim.

“Xo‘jayikon” tuz g‘ori moddiy madaniy meros ob’ekti hisoblanadi. Mazkur madaniy meros ob’ektini asrab-avaylash, uni davlat muhofazasiga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida madaniy meros ob’ektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xo‘jayikon” tuz g‘ori o‘zining tabiiy go‘zalligi bilan ajralib turadi