Aholi murojaatlari bilan samarali ishlash joylarda mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tizim tashkilotlariga shu yilning birinchi yarim yilligida 52 ming 590 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaat kelib tushgan. Ularning 27 ming 681 tasi ijobiy hal etilgan, 18 ming 393 tasiga tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar yechimi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan eshituvda ma’lum qilindi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning hal etilish holati haqida”gi axboroti eshitildi. 

Axborotda qayd etilganidek, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha vazir va uning o‘rinbosarlari joylarda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Shuningdek, vazirlik tizimiga eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar yuzasidan qator ishlar bajarilmoqda. Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Kambag‘al oilalar reyestri” ishga tushirilgan. “Individual rejalar” asosida 1 ming 76 nafar aholiga daromadini oshirishga qaratilgan 351 mingta xizmatlar ko‘rsatilgan. Aholi takliflari asosida yangi 15 turdagi subsidiya, 3 turda ssuda, 2 turdagi grant, 1 turdagi lizing va kredit ajratish tartibi joriy etilgan. 

Ammo shu bilan birga, aholi murojaatlari bilan ishlashda ayrim kamchiliklar kuzatilayotgani qayd etildi. Xususan, deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berilmaslik holatlari, vazirlikka yuborilgan aksariyat murojaatlar yuzasidan muallifga huquqiy tushuntirish berish bilan cheklanayotgani tanqid ostiga olindi. Bu esa takroriy murojaatlarning ortishiga, ko‘tarilgan muammolar hal etilmay qolishiga sabab bo‘ladi. 

Muhokamalar davomida deputatlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, takroriy murojaatlarga o‘rin qoldirmaslik, mas’ul xodimlarning malakasi va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza va taklif-tavsiyalarini bildirdi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 52,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan